Vitrajning kelib chiqish tarixi


So`ndirilgan (Travlenniy) vitraj


Download 30.74 Kb.
bet5/7
Sana05.01.2022
Hajmi30.74 Kb.
#204800
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Vitrajning kelib chiqish tarixi (2)

So`ndirilgan (Travlenniy) vitrajbir texnik uslubda bajarilgan, shishalar guruhi va bo`laklaridan iborat bo`lgan, so`ndirish texnikasiga mansub bo`lgan, ramkalar sektsiyalariga joylashtirlgan, umumiy kompozitsion va g’oya bilan umulashgan vitrajdir.

Tutashtirilgan (Paechniy) vitraj , qo`rg’oshin–tutashtirgichli vitraj - bu vitrajning klassik uslubi bo`lib, shrta asrlarda yaratilgan va boshqa usullarning asosi bo`lib xizmat qilgan. Bu bir-biriga tutashtirlgan, qo`rg’oshin ushlagichiga yig’ilgan shisha bo`laklaridan iborat vitraj. Bunda shishalar rangli va engiloquvchan shishadan, metall oksidlaridan tayyorlangan bo`yoq bilan sayqallangan maxsus pechda kuydirib tayyorlanadi.

Fatset vitraj – bu perimetri bo`yicha shisha bilan yoki xajmli shliflovchi polirovka qilingan shisha bilan tomonlari chiqarilgan shishalardan iborat vitrajdir. Keng faskali (yorug’lik nurini sindrish effektini kuchaytirish uchun) vitraj olish uchun qalin oyna talab etiladi, bu esa uni vaznin ortishiga olib keladi. SHu bois, tayyor jilvirlangan - fatsetlangan shisha detallarni mustahkam latun’ yoki mis ushlagichlariga yig’iladi. Bunday vitrajlarni xonalararo eshiklarga, mebellar eshiklariga joylashtirish maqsadga muvofiq, chunki xozirda u keng tarqalgan bo`lib, abstrakt kompozitsiya yaratishda u orqali boy (ko`rinishli) fakturaga, optik effektga, dekorativ to`yinuvchanlikka erishish mumkin.

Kaboshon – vitrajdagi rel’ef figurali qo`shimchadir. U asosan shaffof, odatda presslangan yoki shaklga quyilgan figura bo`lib, ko`rinishidan suv tomchisini yoki shisha tugmachasini eslatadi. Vitrajli kaboshon yarimshar yoki ushlagichga qotiriladigan qismga ega ozgina siqilgan yarimsharli xamda murakkab shakllarda bo`lishi mumkin.

Qaxraton” uzori (jilvasi)dastlab qum bilan, so`ndirilgan, ishqalangan shisha yuzaga qurilish elimi yoki jelatina (baliq moyi xam bo`lishi mumkin) bilan ishlov berish natijasida olingan oyna fakturasi. Ushbu usulda, elim qurishi natijasida xajmi kichiklashib boradigan usuldan foydalaniladi. Issiq elim g’ovakli yuzalarda oqib yuzani to`ldiradi va qatlam bo`rtib chiqadi. Buning natijasida oyna yuzida, qor parchasini eslatuvchi tasvirlar, fakturalar paydo bo`ladi.



Natsvet – yaxlit va qalin buyumga (oddatda rangsiz) qoplangan yupqa shisha qatlami. Natsvet issiq xolatda shakllantiriladi. Bunday qatlamni gravirlash, qum bilan ishlash yoki so`ndirish usullari bilan olinsa, yaqqol va muay`yaan figurali (rangli fondagi oq yoki teskarisi) tasvirlar vujudga keladi.

So`ndirish – shishaning muhim komponenti bo`lmish dioksid kremniy bilan ftor kislotasini o`zaro ta`sirlashish qobiliyatiga asoslangan. Bunday ta`sirlashuvda shisha emiriladi. Natijada, ximoya trafareti xar qanday murakkablikdagi va zarur chuqurlikdagi tasvirni olish imkoniyatini beradi.


Download 30.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling