Vitrajning kelib chiqish tarixi
Download 30.74 Kb.
|
Vitrajning kelib chiqish tarixi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ramkali plitka
Ko`pqatlamli so`ndirish – maxsus tarkili moddalar bilan oynaning ximoya qatlamini turli chuqurlikda o`ldirib borish jarayoni. Trafaretni yuzaga bosishdan farqli o`laroq, bunday usulda xajmdor, shishada sezilarli darajadagi rel’efga ega tasvirlarni keltirish mumkin. Dag’al trafaretli tasvir olish, qo`shimcha qatlam berishni yoki olib tashlashni talab etmaydigan eng sodda usuldir, chunki shishani qayta so`ndirib bo`lmaydi. Vitrajni xosil qiluvchi, uning detallari joylashtiriladigan maxsu profil’, - bu o`rnatkich (oprava). Klassik vitrajda o`rnatkich materiali sifatida qo`rg’oshin ishlatiladi. 16 asrda qo`rg’oshin profillarini ishlab chiqarish uchun maxsus aylantirkich (kallaklar) o`ylab topishgan va bu vitrajlarni yaratilishini tezlashtirib yubordi. O`sha vaqtdan buyon o`rnatkichlar o`z shakliga yog’och yoki metall qoliplarga quyilagn qo`rg’oshin quymalaridan ega bo`ladi.
Ramkali plitka – yupqa aylana ko`rinishidagi, o`ziga xos radial notekisliklaridan iborat bo`lgan (ishlab chiqari jarayonida shishani aylantirish natijasida xosil bo`lgan notekisliklar), vitrajni yig’ish uchun qo`llaniladigan maxsus dekorativ moslama. Tayyorlanish texnologiyasi qadahlarni (ryumkalarni) tayyorlanishi kabi, ryumkalar qo`yiladigan aylan qatlamdek. Tashqi ko`rinishidan ryumka oyog’i va vitraj detali deyarli farq qilmaydi. Transparant–(tarnsaparant yoki tranparent shisha)–Yorug’likda ko`rinadigan, shishadagi shaffof tasvir. Transparant tasvir–bu odatda kuydirimasdan tasvir olishdir. Masalan, qandaydir bog’lovchi pigment, yog’li yoki temper bo`yog’i orqali dag’al oynaga tasvir tushirish. Transparant tasvir, bajarilish soddaligi va murakab texnologiya zarur bo`lmaganligi bois, Rossiyada vitraj san`atining cho`qissida ommalashgan edi. Erklez–Yuzasida qabariq, katta bo`lmagan qalin shishalardan tarkib topgan vitrajga qo`yiladigan dekorativ qo`shimcha. Bunday qo`shimchalar shishadan qo`yiladi va shablon bo`yicha silliqlanadi, keyin maxsus qurilma bilan yana silliqlanadi. Bunday yuzada quyosh nuri ko`roq sinadi. Bending – Vitrajga yarimaylana tsilindrik yoki burchak shaklini berish uchun pechda bukish jarayonidir. Bunday texnologiya f’yuzingda qaytariladi, biroq harorat rejimi va qurilishi farqli bo`ladi. Download 30.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling