Вывод отчета на печать Антиплагиат
Oraliq saralash va suzuvchilarni yo`naltirish
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
KARIMOV SH
1.2. Oraliq saralash va suzuvchilarni yo`naltirish.
Suzuvchilarni ixtisoslashtirilgan asosiy tayyorgarligidan oldindan keluvchi ko`p yillik saralashni uchinchi bosqichini asosiy vazifasi – muayyan suzish mashg`ulotida suzuvchilarni yuqori mahoratiga erishish istiqbolini aniqlashdan iborat. Mazkur bosqichda suzuvchilarni muayyan ixtisoslikka yo`naltirish istiqbolini baholash ahamiyat ortib boradi. Xususan, muayyan ixtisoslikka asosli tarzda yo`naltirishga turli ixtisoslikdagi suzuvchilar uchun tipik bo`lgan profil konturlar, gavda konturlari va ko`ndalang kesmlari, uning aylanma o`lchamlari, mushaklar tarkibi va rel’efi yordam beradi. Biroq, bu bosqichda suzuvchilarni biror masofaga asosli yo`naltirish faqatgina uning morfotiplari ko`rsatkichlariga asoslan mosligi kerak. Buni anglab yetish maxsus tadqiqotlar o`tkazilishini belgilab berdi (Bulatova, 1999). Ularni natijalari suzuvchilarni ularni turli bellashuv masofalariga marfofunksional va ruhiy - fiziologik moyelligiga bog`liq holda beshta asosiy guruhga bo`lish imkonini berdi. Ko`rib turganimizdek, sprinter yoki stayyer tiplari nisbatan kam uchraydi. Ko`pchigina sportchilar turli xil oraliq tiplariga kiradi. Har bir guruh suzuvchilari antropometrik belgilalar quvvat ta`minoti tizimi imkoniyatlari, ruhiy-fiziologik xususiyatlar, maxsus harakatlanish hislatlarini rivojlanish darajasi bo`yicha bir-biridan sezilarli farq qiladi. “Sof” sprinterlar gavda bo`yi va vazni, oyoq-qo`llarni uzunligi, aylanma o`lchamlarini katta qiymatlari bilan ajralib turadi. Ular yuqori anaerob quvvat va funksional harakatchanlikka ega bo`lib, boshqa guruh sportchilaridan alaktat 29 va laktat ish quvvati, maksimal kislorod taxchilligi, kislorod sarfini o`sish koofitsienti, MKQ erishish vaqti ko`rsatkichlari bo`yicha o`zib ketadi. Bu suzuvchilarni ruhiy-fiziologik hususiyatlari ularni asab tizimini yuqori qo`zg`aluvchanlik haqida, maxsus harakatlanish sinovlari esa suzishni mutloq tezligi “portlovchi” kuchini yuqori darajasi haqida, sirpanish uzunligi va aerob chidamlilikni past ko`rsatkichlari haqida guvohlik beradi. Uchinchi guruh sportchilari (aralash qobilyatli mikstlar) o`rtacha aktropometrik ma`lumotlar, MKE’, kislorod taxchilligini yuqori ko`rsatkichlari; yuklamani kritik quvvatini uzoq ushlab turish vaqti, katta kislorod pul’si va maksimal kritik yuklama quvvati bilan ajralib turadi. Maxsus harakatlanish sinovlarida uchinchi guruh suzuvchilari birinchi guruhdagilardan farqli ravishda mutloq suzish tezligi va saqlab chiqish balandligini past darajasini ko`rsatishdi. Lekin 2000 m masofani erkin usulda suzib o`tishni eng maqbul vaqti va sirpanishini katta uzunligi bilan ajralib turdi. Beshinchi guruh suzuvchilari quvvat ta`minotining aerob tizimi quvvati va turg`unligini yuqori darajasi; maksimal kislorod pul’si, kritik yuklama quvvatini ushlab turish vaqtini yuqori ko`rsatkichlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga mazkur guruh sportchilari harakatlantirish reaksiyasini past ko’rsatkichlari, tez bo`lmagan harakat sur`ati, asab tizimini yuqori bo`lmagan labiyligini namoyon etdi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling