Свойства (Proporties) oynasining yuqorida joylashgan pastga qaragan uchburchakni bossak, barcha obyektlarning ro’yxati ko’rsatiladi. Bu ro’yxat orqali siz komponentaning faqat nomlarini emas, balki ularning birortasini aktivlashtirish, formadagi joyini o’zgartirish kabi amallar bajarishingiz mumkin. Bu yordami bilan biz, istalgan komponentani tanlab, uning formadagi joyini aniqlashimiz va uning ustida ishlashimiz mumkin. Buning uchun sichqoncha tugmasi komponentaning nomi ustiga bir marta bosilsa, darhol ushbu komponenta Свойства (Proporties) oynasida faollashadi. Shunday qilib, oson yo’l bilan istalgan komponentaning qayerda joylashganini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. KODLAR MUHARRIRI, H-MODULI VA DIZAYN REJIMI (LOYIHALASH). this ko’rsatgichi. - Dasturlash muhitida joylashgan kod muharriri dastur matni moduli bilash ishlashni ta’minlaydi, deb tushunishimiz mumkin. Bu yerda aytilgan “dastur kodi”, ushbu dasturning qaysi bir aniq dasturlash tilida yozilganini ifodalaydi. Ko’pincha bu birikmani “dastur matni” ko’rinishida uchratamiz. Qachonki yangi forma ochsak, dasturning maxsus moduli h kengaytmali fayl va nomga ega bo’lgan forma hosil bo’ladi. h sarlavha fayl dastur moduliga o’tish uchun Вид→Код buyruqlarini amalga oshirib foydalanish mumkin. Buyruqlar bajarilgandan so’ng, Form[Konstruktor] vkladkasi o’rniga yangi Form.h vkladkasi ochiladi. Bu ikki vkladka bilan, boshqa loyihalarni yagona rejimda o’zgartirish mumkin. Yana dizayn rejimiga o’tish uchun Shift+F7 klavishalar kombinatsiyasi birga bosish kifoya.
Biz yaratgan Formalar Form sinfining merosxo’ri sifatida qaralsa, ikkinchi tarafdan, keyinchalik bu formalar ilovani qurishda boshqa komponentalar bilan birga xizmat qiladi. - Biz yaratgan Formalar Form sinfining merosxo’ri sifatida qaralsa, ikkinchi tarafdan, keyinchalik bu formalar ilovani qurishda boshqa komponentalar bilan birga xizmat qiladi.
- VC++ muhitida buni quyidagicha ko’rib chiqaylik. Birinchi formamizga Form1 deb nom berib uni loyihaga joylashtiraylik. Bu yaratilgan forma Form sinfining vorisxo’ri sifatida joylashadi va yuqoridagi faktni isbotlaydi. Ikkinchi va undan keyingilarini joylashtirish uchun Проект → Добавить новый элемент buyruqlarini bajarishimiz va yan bitta mustaqil formaga ega bo’lamiz. Agar dastur moduliga diqqat bilan e’tibor berilsa, har bir sinf-formalar alohida shakllantirilgan. Shuning uchun sinf a’zolariga murojaat ushbu sinfning nusxasiga ko’rsatkich orqali amalga oshiriladi. Bu holat this ko’rsatkichi deb yuritiladi. U har doim biror obyektning manzilini o’zida saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |