Masalan, label1 nishonining formaga joylashtirib uning Visible nomli hodisasiga true qiymatini bersak, unga this ko’rsatkichi quyidagicha bo’ladi: - Masalan, label1 nishonining formaga joylashtirib uning Visible nomli hodisasiga true qiymatini bersak, unga this ko’rsatkichi quyidagicha bo’ladi:
- this->Label1->Visible = true;
- Bu haqida gapiradigan bo’lsak, bunda komponenta nomining nusxasi yaratilib, ushbu nusxaga ko’rsatkich orqali ifodalanadi (bu yerda Label1- nomi Label sinfining nusxasidir).
KODNI AYTIB TURUVCHI (SUFLER) - Muhitning bu instrumenti loyiha dasturlarini tezkor va aniq yozishga yordamlashadi. U bizga kodda ishlatishi mumkin bo’lgan turlar haqida tezkor ma’lumot berib turadi.
- Masalan, biz biror obyektdan keyin nuqta (bu operator to’g’ridan-to’gri sinf a’zosiga yoki strukturaga ko’rsatkich hisoblanadi) yoki o’ng strelka (->) (bu operator – tanlangan sinf a’zoga sinf orqali ko’rsatkich hisoblanadi) qo’ysak bizda aytib turuvchi (подсказка) mavjud bo’lgan barcha sinflar ro’yxatini keltiradi. Bu ro’yxatdan istalgan birini belgilab, sichqoncha tugmasini yoki tugmasini bosish orqali dasturimizga buni kiritishimiz mumkin. Masalan, quyidagi kodni qaraylik:
- this->button1->BackColor = clRed;
- Agar this ko’rsatkichi yozishingiz bilan birdaniga “aytib turuvchi” oynasi ochiladi va Form1da mavjud bo’lgan barcha obyekt a’zolar ro’yxati keltiriladi. Bundan button1 kodini tanlaymiz.
- this->button1
- kodlari yozilgandan keyin, yana o’ng strelka qo’ysak, bizda endi “aytib turuvchi” oynasida ushbu komponenta qabul qiladigan hodisalar ro’yxati keltiriladi. Bu hodisalardan BackColorni tanlaymiz.
- Ko’rib turganingizdek, bunday usuldan foydalanish dasturlarni yanada tezroq yozish, xatolarni oldini olish, agar bizda ishlatiladigan ma’lumotlar juda ko’p bo’lsa, ulardan o’zimizga kerakligini tezroq tanlash imkoniyatlari oshiradi.
- Biz istalgan vaqtda bunday “yordamchi”ni chaqirmoqchi bo’lsak, u holda Ctrl+Probel klavishlar kombinatsiyasini bosishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |