1.3.3. O‘rta chiziq.
O‘rta chiziq o‘qi o‘yin maydonini har biri 9 x 9 m o‘lchamga teng bo‘lgan ikki maydonchaga ajratib turadi. Bu chiziq to‘r tagida nmaydonning ikki yon chiziqlarini tutashtiradi (S.1).
1.3.4. Xujum chizig’i.
Har bir maydonchaning hujum chizig’i o‘rta chiziqdan 3 m oraliqda bo‘lib, 5 sm oraliqda 5 ta 15 sm kesilgan chiziqlar bilan yon chiziqlar tashqarisiga davom ettirilgan bo‘ladi (1.3.3, 1.4.1, S.2)
FIVBning Jahon miqyosidagi musobaqalarda hujum zonasi chiziqlari yon chiziqlardan umumiy uzunligi 1,75 m bo‘lgan, 5 sm kenglikda 20 sm oraliq; bilan xar biri 15 sm bo‘lgan bo‘lak - bo‘lak chiziqlar bilan davom ettirilgan bo‘lishi kerak.
1.4. Zonalar va joylar
1.4.1. Oldingi zona
Har bir maydonchaning oldingi zonalari o‘rta chiziqdan 3 m oralig’ida paralel (o‘rta chiziqqa nisbatan) chiziq bilan chegaralangan bo‘lib, ikki yon chiziqlar bilan tutashtirilgan bo‘ladi (chiziqlar kengligi zona o‘lchamini o‘ziga biriktiradi) ( 1.3.3, 1.3.4).
Oldingi zona yon chiziqlar ortidan bo‘sh zona oxirigacha belgilanadi (1.1, 1.3.2).
1.4.2. To‘p kiritish zonasi
To‘p kiritish zonasi - bu 9 m o‘lchamga teng orqa chizqning orqa qismidir.
To‘p kiritish zonasi ikki yon chiziqning davomi shaklida 20 sm oraliqda xar biri 15 sm bo‘lgan bo‘lak – bo‘lak chiziqlar bilan maydonning orqa bo‘shlig’iga qarab chiziladi. Bu chiziqlar to‘p kiritish zonasini o‘z ichiga biriktiradi (1.3.2 va S.2). To‘p kiritish zonasi orqa tomonga bo‘sh zona oxirigacha davom etadi (1.1).
1.4.3. O‘yinchi almashtirish zonasi
O‘yinchi almashtirish zonasi – bu hakam – kotib stoli oldidagi hujum chizig’i bilan yon chiziqning tutashgan joyni o‘z ichiga oladi (1.3.4, S.1).
1.4.4. Razminka (chigal yozish) uchun joy
FIVBning Jahon miqyosidagi musobaqalarida razminka o‘tkaziladigan joyga jamoalar o‘rindiqlari tomonidan maydoncha orqasidagi bo‘shliqdan tashqari burchakda 3 x 3 m o‘lchamga ega joy ajratiladi (S.1).
Do'stlaringiz bilan baham: |