Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish


Download 1.01 Mb.
bet15/40
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1048806
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
valiybolllll

3.3. Beshta to‘pdan foydalanish
Barcha rasmiy musobaqalarda beshta to‘pdan foydalaniladi. To‘p kiritayotgan o‘yinchilarni to‘p bilan ta’minlab beruvchi 6 kishi maydon atrofida joylashadi (S.5).
2 BOB. MUSOBAQA IShTIROKChILARI
4. JAMOALAR
4.1. Jamoa tarkibi
4.1.1. Jamoa tarkibi ko‘pi bilan 14 o‘yinchidan, bitta murabbiy, uning 2 yordamchisi, bitta massajist va bitta shifokordan iborat. O‘yinchilardan biri jamoa sardori (kapitan) bo‘lib, u musobaqa kaydnomasida belgilanishi kerak (5.2, 5.3).
FIVBning Jahon miqyosidagi musobaqalarida jamoa shifokori o‘yin vaqtida jamoa o‘rindiqlaridan joy olishi uchun oldindan FIVBda akkreditatsiya qilinishi shart.
4.1.2. O‘yinchilardan biri jamoa sardori bo‘lishi kerak va uo‘yin bayonnomasida qayd etilishi lozim. Libero sardor bo‘lishi mumkin emas (5.1).
4.1.3. Musobaqada faqat musobaqa qaydnomasida ismi – sharifi zikr etilgan o‘yinchilar ishtirok etishlari mumkin. Murabbiy va jamoa sardori musobaqa qaydnomalarig imzo chekkanlaridan so‘ng bu qaydnomaga boshqa o‘yinchilarning kiritilishi taqiqlanadi (1, 5.2.2, 5.1.1).
4.2. Jamoaning joylashishi
4.2.1. O‘yinda ishtirok etmaydigan o‘yinchilar maxsus ajratilgan o‘rindiqda o‘tirishi yoki razminkaga ajratilgan joyda bo‘lishi kerak. Murabbiy o‘yin davomida yonchiziq bo‘ylab o‘yinga halaqit bermasdan harakat qilishi yoki belgilangan o‘rnida o‘tarishi mumkin (7.3.3, 1.4.4, 5.2.3).
Jamoalar o‘rindiqlari hakam – kotib yonidagi bo‘shliqda joylashgan bo‘ladi (S.1).
4.2.2. O‘yin vaqtida o‘rindiqlarda faqat jamoa a’zolari –o‘tirishi mumkin. Razminkada xam faqat ular ishtirok etishi darkor (4,1.1, 7.2).
4.2.3. O‘yinda ishtirok etmayotgan o‘yinchilar to‘psiz quyidagi tartibda razminka qilishlari mumkin:
4.2.3.1. O‘yin vaqtida: razminkaga ajratilgan joyda (1.4.4, 9.1, S.1)
4.2.3.2. Tanaffus vaqtlarida va texnik tanaffus davomida, orqa chiziqlar ortidagi bo‘shliqda (1.3.3, 16.4)
4.2.4. Partiyalar oralig’idagi tanaffuslarda o‘yinchilar bo‘sh zonada to‘p bilan razminka qilishlari mumkin (19.1).

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling