Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish


Download 1.01 Mb.
bet19/40
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1048806
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
valiybolllll

7. O‘YINNING TUZILIShI
7.1. Qur’a tashlash
O‘yin oldidan birinchi hakam birinchi partiyada qaysi bir jamoaga birinchi to‘p qaytarish yoki maydoncha tomonini aniqlash bo‘yicha qur’a tashlaydi (13.1)
Agar so‘ngi hal qiluvchi partiya bo‘lsa, qur’a qayta tashlanadi (6.3.2).
7.1.1. Qur’a jamoalar sardorlari ishtirokida tashlanadi (5.1)
7.1.2. Qur’a tashlash bo‘yicha g’olib bo‘lgan sardor o‘z ixtiyoriga ko‘ra to‘p kiritish, to‘pni qabul qilish yoki maydoncha tomonga tashlash xuquqiga ega (13.1.1, 7.2).
7.2. O‘yinchini tayyorgarligi (razminka)
7.2.1. Agar jamoalar uchun oldindan o‘zga maydonchada razminka qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lsa, unda to‘rdan oshirib razminka qilish vaqti 3 daqiqa muddatga beriladi. Aks holda ushbu razminka uchun 5 daqiqa beriladi.
7.2.2. Agar ikki: jamoa sardorlari keliashgan xolda –to‘rdan oshirib razminka o‘tkazmoqchi bo‘lsa, unda jamoalarga 6 yoki 10 daqiqa vaqt berilishi mumkin (7.2.1).
7.3. Jamoaning joylashishi
7.3.1. O‘yinda har bir jamoadan faqat 6 o‘yinchi ishtirok etadi (6.4.3).
Jamoaning dastlabki joylashishi o‘yinchilarning joyalmashish tartibini belgilaydi.Ushbu tartib butun partiya davomida saqlanishi lozim (7.6, 6.2)
7.3.2. Xar bir partiya oldindan trener o‘yinchilarning maydonchada jaylashish tartabini kartochkaga yozib va imzo qo‘yib, ikkinchi hakamga yoki kotib-hakamga taqdim etishi lozim (25.3.3, 26.2.1.2).
7.3.3. Dastlabki joylashishda o‘rin ololmagan o‘yinchilar, shu partiyaning zahiradagi o‘yinchilari xisoblanadi («Libero»dan tashqari) (7.3.2, 8, 20.1.2).
7.3.4.


7.3.5.3. Agar trener noto‘g’ri joylashgan o‘yinchini maydonda qoldirmoqchi bo‘lsa, unda u o‘yinchi almashtirishni so‘rashi va bu bayonnomada qayd etilishi lozim (16.2.2).


7.4. To‘p kiritish vaqtida o‘yinchilarning joylashishi
To‘p kiritish vaqtida o‘yinchilar o‘z maydonchalari va zonalari chegarasida joylashgan bo‘lishlari kerak (to‘p kirituvchi o‘yinchi bundan istisno) (9.1, 7.6.1, 13.4.2.).
7.4.1. O‘yinchilarning joylashishi quyidagi tartib raqamlari bilan ifodalanadi:
To‘r bo‘ylab turgan uch o‘yinchi – oldi chiziq o‘yinchilari – 4- 3 – va 2 – zonalarda joylashadi, qolgan uch o‘yinchi – orqa chiziq o‘yinchilari – 5 – 6 – va 1 – zonalarda joylashadi.
7.4.2. O‘yinchilarni to‘gri joylashishi
7.4.2.1. Har bir orqa chiziq o‘yinchisi oldingi chiziq o‘yinchilaridan orqada joylashishi kerak.
Oldingi va orqa chiziq o‘yinchilari qoidaning 7.4.1. – bandida qayd etilganidek gorizontal ravishda – joylashishi kerak.
7.4.3. O‘yinchilarning to‘g’ri joylashishi ular oyoqlarining maydon yuzasida joylashish xolatiga qarab aniqlanadi va nazorat qilinadi.
7.4.3.1. Xar bir oldingi chiziq o‘yinchisi oyoqlari orqa o‘yinchilari oyoqlariga nisbatan o‘rta chiziqqa yaqin joylashishi lozim (1.3.3.).
7.4.3.2. Har bir o‘ng qanot (chap qanot) o‘yinchisi oyoqlari markaziy o‘yinchi oyoqlariga nisbatan o‘ng (chap) qanot chizig’iga yaqin joylashishi lozim (1.3.2).
7.4.4. To‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng o‘yinchilar maydonchani istalgan joyida yoki bo‘sh zonada xarakatlanishlari mumkin (12.2.2).

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling