Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi


Himoyaga quyidagi asosiy holatlar qo‘yiladi


Download 220.5 Kb.
bet3/14
Sana10.01.2023
Hajmi220.5 Kb.
#1087505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
YOSH VOLEYBOLCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Himoyaga quyidagi asosiy holatlar qo‘yiladi:
1) Voleybolchilarni tayyorlash xozirgi kunda ijtimoiy-pedagogik muammo ekanligi.
2) Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligiga mashg‘ulotdagi o‘yinlarni ta'siri.
Tadqiqot ishini amaliy ahamiyati.
Voleybol to‘garagida shug‘ullanuvchi bolalarni jismoniy tayyorgarligini oshiruvchi harakatli o‘yinlar o‘tkazish aniqlanadi. Tadqiqot ishini ishonchliligi olingan natijalarni hisoblashda matematik – statistik usullardan foydalanildi. Tadqiqot ishini yangiligi voleybolchilarni jismoniy sifatlarini oshirilgan xarakatli o‘yinlar darsdan keyingi mashg‘ulotlarda qo‘llanildi, ish tajribada sinab ko‘riladi. Tadqiqot metodlari:
1.Nazariy tahlil va umumlashtirish:
2.Pedagogik kuzatish:
3.Suhbat, antropometriya:
4. Matematik statistika:
5.Pedagogik kuzatish:
6. Pedagogik tajriba.
Ishning sinovdan o‘tishi. Bitiruv malakaviy ishni “Jismoniy madaniyat” kafedrasida muhokama qilingan.
Bitiruv malakaviy ishi ---- betdan iborat bo‘lib, kirish uchta bob, xulosalar, amaliy tavsiyalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishida ikkita jadval keltirilgan.
I – BOB VOLEYBOLCHILARNI JISMONIY RIVOJLANISHI VA TAYYORGARLIGI
1.1 Voleybolchilarni rivojlanishini aniqlash.
Voleybol o‘yini yosh avlodning sog‘lom va baquvvat rivojlanishida jismoniy tarbiya fanida juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonimizning ozodligi, rivojlanishi, ravnaqi va kelajakda buyuk davlat bo‘lish uchun sog‘lom avlod juda zarurdir. Shu boisdan Prezidentimiz Islom Karimovning farmoishlariga binoan ta'sis etilgan “Sog‘lom avlod uchun” ordeni juda o‘rinlidir.
Voleybol o‘yini olti yoshdan oltmish yoshgacha va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar shug‘ullanishadi. Bu o‘yinning afzalligi shundan iboratki, u kishi sog‘lig‘ini yanada mustaxkamlaydi, xayotiy xarakat bilim omillari va kerakli jismoniy sifatlarni rivojlantiradi.
Jismoniy rivojlanish.
Bu yosh voleybolchilarni tugarakka qabul qilishda asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunda bo‘yning balandligi katta ahamiyatga ega ekanligi nazarda tutiladi. Sobiq SSSR terma jamoasi o‘yinchilarining o‘rtacha bo‘y ko‘rsatkichlari 1949-1950 yillarda bir yuz sakson bir santimetr (o‘g‘il bolalar) va bir yuz oltmish santimetr (qizlar) tashkil etgan bo‘lsa, shu ko‘rsatkichlar 1976 yilga kelib o‘g‘il bolalarda bir yuz to‘qson ikki santimetr va qizlarda bir yuz yetmish olti santimetrga ko‘tarildi.
Shuning uchun trenerlar o‘z komandalarining bo‘y ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishga harakt qiladilar. Chunki voleybolchilarning bo‘y ko‘rsatkichlari qancha baland bo‘lsa, xujum qilish va hujum zarbiga to‘siq qo‘yish kuchayadi. Voleybol olimpiad o‘yinlari dasturiga kiritilgandan so‘ng bo‘y ko‘rsatkichlarining ahamiyati yanada oshdi. Masalan, Yaponiya terma jamoasining o‘rtacha bo‘y ko‘rsatkichlari 1962 yildan to 1972 yilgacha 10 smga o‘sib, oxirgi yillarda dastlab 2 chi o‘rinlarni egalladi. Va so‘ngra Olimpiada o‘yinlarining yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Jismoniy rivojlanishga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:

  1. Bo‘yi (tana uzunligi)

  2. Vazni (og‘irligi)

  3. Ko‘krak aylanasi

  4. O‘pkaning tiriklik sig‘imi

  5. Qo‘l kaftining kuch ko‘rsatkichlari (dinomometriya)

Jismoniy rivojlanishni aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi;
I. Kishi bo‘yini o‘lchash uchun maxsus moslamadan foydalanish kerak. Bu maxsus moslamada trener yoki xamshira yordami bilan sportchining tik turgan holatini o‘lchash mukin.
2. Yosh voleybolchilarning vaznini aniqlash uchun har xil tarozilardan foydalanish mumkin. Vazni o‘lchash vaqtida sportchi tarozi ustida turish lozim.
3. Kishi ko‘krak aylanasini aniqlash uchun oddiy santimetrli tasmadan foydalanish mumkin.
4. O‘spirinlarning o‘pka tiriklik sig‘imini maxsus aspobda spirometriya yordamida o‘lchanadi. Buning uchun yosh voleybolchi chuqur nafas olib, quruq spirometriyaga kuchli havo chiqarish puflash kerak.
5. qo‘l kafti kuch ko‘rsatkichlarini danamometriya orqali aniqlash mumkin. Sporni tik turgan xolatda o‘ng yoki chap qo‘lini bosh tomonga qilib, dinomometrni kafti bilan siqish kerak.
Yuqorida qayd qilingan ko‘rsatkichlar orqali voleybolchilarning jismoniy rivojlanishini aniqlash va baho berish mumkin.

Download 220.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling