Muammoning o’rganganlik darajasi. Trenirovka mashg’ulotlarini pedagogic nuqtai-nazardan tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha turli yillarda bir qator mutaxassislar ilmiy izlanish olib borganlar; AyrapetyansL.R (2011),Ivoylov A.V, Jelyaznyak Yu.D (1991), Jelyaznyak Yu.D va boshqalar (1994), Nasimov R (1995), Po‘latov O.O (1997), Qurbonova M (1999) Abdullaev A, Xonkeldiev Sh.X (2001-2005).
Tadqiqot vazifalari:
-mavzuga oid bo‘lgan ilmiy, nazariy va uslubiy manbalarni o‘rganish, taxlil qilish va muammoni dolzarbligini ilmiy jixatdan asoslash.
-tayyorlov guruxlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishni samaradorligini oshirish.
-tayyorlov guruxi tarbiyalanuvchilarining jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini aniqlash.
Tadqiqot ishini ilmiy farazi. Voleybolchilarni jismoniy sifatlarini oshirish uchun qo‘llaniladigan xarakatli o‘yinlar jarayonida bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi yaxshilanadi.
Tadqiqot ob'ekti. Farg’ona viloyati Qo’qon shahridagi ---- umuta’lim maktabidagi voleybol to’garagida shug’ullanuvchi o’gil bolalar.
Tadqiqot predmeti. Darsdan keyin o‘tkaziladigan voleybol to‘garagi mashg‘ulotdagi xarakatli o‘yinlar tadqiqot ishining metodologik asosi.
Kelajak avlodni tarbiyalash borasidagi oliy majlis tomonidan chiqarilgan qonun qaror va prezidentimiz asarlarida ko‘rsatilgan yo‘l – yo‘riqlardan iboratdir. Tadqiqotning nazariy asoslari Abu Ali Ibn Sino, Jeleznyak V.D, Ivaylov A.V, Kovolov V.D, Nosimov R, Pulatov O.O, Usmonxo‘jaev T, Xonkeldiev Sh, Abdullaev A va boshqalarni ilmiy qarashlariga asoslangan.
Ishning ilmiy yangiligi:
-jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tish tizimi ilmiy asoslandi;
-jismoniy yuklama asosida bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi darajasi aniqlandi;
-jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida bolalarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi, ma'naviy va axloqiy tarbiyasi, nazariy, amaliy bilimlarini oshirish ilmiy asoslandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |