Voleybolchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini tarbiyalashda harakatli o’yinlar. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 283 Kb.
bet1/15
Sana19.06.2023
Hajmi283 Kb.
#1622501
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15



Mavzu: Voleybolchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini tarbiyalashda harakatli o’yinlar.
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1. Voleybolchilarda tezkor-sakrovchanlik sifatini harakatli o’yinlar yordamida o’stirish samaradorligi
2. Voleybolchilarda tezlik-kuch sifatini harakatli o’yinlar orqali rivojlantirish samaradorligi
3.Voleybolchilarda sakrochanlik sifatini harakatli o’yinlar yordamida o’stirish samaradorligi
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2002 yil 24 oktyabrdagi «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi Farmoni va uni hayotga tadbiq etish bo’yicha qabul qilingan hukumat qarori natijasida bolalar sportini so’nggi yillar mobaynida mamlakatimizda rivojlantirish va yosh iste`dodli sport zahiralarini tayyorlash borasida juda katta islohotlar joriy etildi, ko’pdan-ko’p bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, sport bilan muntazam shug’ullanish va amaldagi rasmiy qoidalar asosida mahalliy hamda Respublika musobaqalarini o’tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi [4, 5].
Navbatdagi masala hozirgi kunda, hamda yaqin kelajak ichida ushbu Farmon va qaror talablari bilan belgilangan pirovard maqsadlarni amalga oshirish lozim. Ma`lumki, ushbu doiradagi asosiy strategik muammo - bu yosh, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishdan iboratdir. Ammo, mazkur jarayon o’zining tashkiliy-texnologik jihatlaridan o’ta murakkab, keng qamrovli va ko’p qirrali muammolar tarkibiga mansub bo’lib, bosqichma-bosqichlik hamda izchillik tamoyillari asosida tashkil etilishi zarurligini taqozo etadi [1, 2, 3].
Mavzuning dolzarbligi.Zamonaviy sport amaliyotida jismoniy tayyorgarlik texnik va taktik mahoratni yuksak cho’qqilarga olib keluvchi yagona va hal qiluvchi poydevor bo’lib xizmat qiladi. Binobarin, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun jismoniy sifatlarini erta yoshlikdan, to’garakka endi kelgan bolalar tomonidan tanlangan sport turining o’ziga xos xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish sport mashg’ulotining muhim shartlaridan biridir. Buning uchun mashqlarni to’g’ri tanlash va amaliyotga joriy etish samaradorligini pedagogik nazorat ostiga olish iste`dodli sport zahiralarini etishtirishda o’ta dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Shuni ham ta`kidlash muhimki, har bir sport turida o’ziga xoslik mavjud bo’lib, shu xususiyatlar yosh sportchilarni tayyorlashda qaysi bir jismoniy sifatlar ustivor ekanligini belgilab beradi. Voleybolda, tezlik-kuch qobiliyatlari va sakrovchanlik sifati ustun turadi. Yosh voleybolchilarda ushbu sifatni shakllantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish to’liq o’rganilmagan va bugungi kun jismoniy tarbiyasining dolzarb muammolaridan biridir.
Ishning maqsadi:
Voleybolchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini tarbiyalashda harakatli o’yinlardan foydalanish
Ishning vazifalari.

  • Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning tutgan o’rni va ularni rivojlantirish zarurligi haqida adabiyotlarni tahlil qilish;

  • Yosh bolalarda sakrovchanlikni rivojlantirishning yosh xususiyatlarini o’rganib chiqish;

  • Yosh sportchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish tajribasini o’rganish

  • Yosh voleybolchilarda sakrovchanlik sifatini harakatli o’yinlar vositasida shakllantirish uslubiyatini amaliy asoslash.

Ishning yangiligi.
O’zbekistonda sog’lom avlod tarbiyasida Olimpiya sport turlarining muhim bo’lagi sifatida voleybol o’yinini bolalarga o’rgatishda, ularning sakrovchanlik sifatini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanishning ilmiy-uslubiy jihatlari ishlab chiqildi va me`yorida tahlil qilindi.
Shuningdek voleybol elementlari bilan boyitilgan harakatli o’yinlar voleybol mashg’ulotlarida, voleybol darslarida sinab ko’rildi, hamda ular vositasida sakrovchanlikni takomillashtirish yo’llari tajribalarda ko’rib chiqildi.

Maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratini shakllantirish va musobaqa davomida yuksak sport natijaga erishishda nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ulotlarda qo’llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning xajmi va shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shug’ullanuvchilar organizmiga ta`sir etish darajasi (organizmni yuklamaga bo’lgan aks javobi -reaktsiyasi) ob`ektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o’quv-mashg’ulot jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy yuklama (jismoniy mashqlar) ning shug’ullanuvchilar organizmining funktsional imkoniyatlariga muvofiqligi e`tiborga olinishi shu yuklamani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi [12].


Umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sog’ligini (sportchini ham) shakllantirish nuqtai nazaridan maqsadga muvofikdir. Albatta, «katta» sportda bu ham zarur. Lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan mashg’ulot uslubiyati malakali sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirishi ehtimoldan holi emas. Chunki, har bir sport turining o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko’proq kuch-tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati etakchi rolni o’ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma`lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatning muayyan sport vaziyatida ozmi-ko’pmi, lekin muhim «ulushi» mavjud bo’ladi [6, 7].
So’nggi yillarda malakali sportchilarni olimlar o’rtasida kelib tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikni o’rni, jumladai jismoniy sifatlarning bir-biriga uzviy bog’liqligi hamda ularni sport mahoratiga bo’lgan ta`siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib bormoqda [13].
Uzoq yillar davomida malakali voleybolchilar sakrovchanligi va tezkor sakrashning o’sishini kuzatib kelgan olimlar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega qator xulosalar qilishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, ularning fikricha yuqori malakali voleybolchilar bir o’yin mobaynida zarba berish va to’siq qo’yish uchun 306 martadan 600 martagacha sakrar ekanlar. Ushbu malakalarni ijro etish uchun eng ko’p marta sakrash 4-partiyaga to’g’ri keladi- (142 marta). To’siq ko’yish uchun sakrash (122), zarba berish uchun sakrashdan ko’proq qaytarilar ekan- (113 marta). Kuzatuvlarga ko’ra bitta mashg’ulot davomida bajariladigan sakrash soni, bitta musobaqada sakrash sonidan kam ekanligi aniqlangan [9].
Yuqori malakali sportchilarni erishgan yutuqlari ma`lum ma`noda ularning fundamental tayyorgarligiga bog’liqdir.
Shunday ekan, yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlash va ularning sport mahoratini yuksak darajaga olib chiqish dastlabki o’rgatish jarayoni samaradorligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
L.R. Ayrapetyants, M.A. Godik (1991) larning fikricha voleybolga ixtisoslashgan mashg’ulotlar bilan ilk bor shug’ullanishni 10-12 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir. U o’zining tadqiqotlarida aynan shu yoshdaga bolalarni jismoniy va texnik tayyorgarligini jadal sur`atlar bilan o’stirish imkoniyatlarini ochib berdi [7].
Isbot qilinganki, dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh voleybolchilarning kelajakdagi iste`dodini aniqlashga yordam beruvchi test mashqlarini tanlay bilish va qo’llash katta ahamiyatga ega. A.A. Po’latov (1994) bunday mashqlar qatoriga navbatda sakrovchanlik va chaqqonlikni baholovchi mashqlarni kiritish muhimligini ta`kidlaydi. Tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida asosiy jismoniy sifatlarni, shu jumladan maxsus sifatlarni baholash imkoniyatini beruvchi test mashqlarini oshirish tavsiya etiladi [16].
Albatta, sakrovchanlik va tezkor sakrashni tayyorgarlikning qaysi bosqichida amalga oshirilishidan qat`iy nazar, bu masala umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonini qanday darajada rejalashtirilishiga bog’liq. Shuning uchun ushbu jarayonning malakali voleybolchilarni tayyorlashdagi ahamiyati, qolaversa asosiy o’yin malakalarini (zarba berish, to’siq qo’yish) ijro etish samarasi sakrovchanlik va tezkor sakrashga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqliga xaqidagi ma`lumotlar tahlili alohida ahamiyatga egadir.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) sport faoliyatidagi dolzarb muammolardan biridir va barcha sport turlarida yuksak sport natijalarga erishish uchun muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun maxsus jismoniy sifatlarni (MJS) rivojlantirish sportchilarni musobaqaoldi tayyorgarligining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib turibdi [15].
«Voleybolchilar mashg’ulotining muvaffaqiyati, o’yinchilar MJS larining rivojlanish darajasini aniq va to’g’ri nazorat qilinishiga bog’liqdir. Pedagogik nazorat (PN) alohida MJS ni o’zgarish darajasi -dinamikasini (sur`atini) aniqlash imkoniyatini beradi. Bu asosida MJT ni samarali boshqarishni yangi yo’llarini belgilash mumkin». Negaki tayyorgarlik tuzilishini oqilona tashkil etishni zamonaviy yo’llaridan biri, qisqa vaqt ichida sport formasini rivojlantirishni ko’p qirrali modelini ishlab chiqishdir [8].
Voleybolchilar uchun asosiy jismoniy sifatlardan biri sakrovchanlikdir. Sakrovchanlik tezlik-kuchlilik qobiliyatlariga mansub bo’lib oyoq mushaklarining qisqa muddat ichida kuchli qisqarishi bilan ifodalanadi. Aynan shu sifatni yuksak darajada bo’lishi nisbatan past bo’yli o’yinchilarni baland bo’yli o’yinchilar bilan raqobatini va asosiy o’yin malakalarini (zarba berish va to’siq qo’yish) samarali ijro etilishini ta`minlaydi (16).
Sakrovchanlikni rivojlantirish uchun eng qulay davr bu 10-12 yoshdir. Bu davrda yosh voleybolchilarda joydan turib balandga sakrash 12,5 sm gacha ortishi kuzatiladi [11].
Sakrovchanlik sifatining turlari ko’p. Masalan, ikki oyoq bilan depsinib, yugurib kelib, joydan turib vertikal sakrash, bir oyoq bilan depsinib vertikal yoki uzunlikka sakrash, ikki oyoq bilan depsinib uzunlikka sakrash va hokazo.
Har bir sakrash turining o’ziga hos maqsadi va maqsadga mos ijro etish tartibi (texnikasi) bo’ladi. Voleybol, basketbol, futbol va boshqa sport o’yinlari bilan shug’ullanuvchi sportchilarning tezkor sakrovchanligi bir-biridan farq qiladi. Ta`kidlash lozimki, hatto bir sport o’yinida, masalan voleybolda – zarba yoki to’siq ko’yish, to’p kiritish yoki uzatish uchun ijro etiladigan tezkor sakrashlar mohiyati haqiqatdan bir-biriga sira o’xshamaydi. Boz ustiga yana shuni eslatish o’rinliki, faqat bir o’yin malakasi – zarba berish turiga qarab (qisqa yoki baland to’pdan zarba berish) tezkor sakrash xususiyati umuman boshqacha bo’ladi. Binobarin, sakrovchanlik va tezkor sakrash degan tushuncha ko’p qamrovli mazmun, mohiyat, xususiyat va ma`noni anglatadi. Demak, bu sifatlarni rivojlantirish" haqida gap borganda muayyan tezkor sakrash turi va uni o’ziga munosib mashqlariga alohida e`tibor berilishi o’ta muhim masaladir [11].
So’nggi o’yinlarda voleybol musobaqasi qoidalarining tubdan o’zgarishi o’yin faoliyati va o’yin malakalarining ijro etilishiga batamom yangicha tus berib yuborgan. Hozirgi kunda deyarli barcha o’yin malakalari aksariyat vaziyatlarda «havoda», ya`ni sakrab ijro etiladi (zarba, to’siq ko’yish, to’p kiritish, uzatish, to’pni qabul qilish, yiqilib qabul qilish. Ushbu holatni yuzaga kelishi voleybol amaliyotida sakrovchanlik sifatiga e`tabor qaratishni nafaqat kuchaytirayapti, balki bu, sifatlarni jadal rivojlantirishga qaratilgan yanga ilmiy texnologiyalar yaratishni taqozo etmokda [8].
Shuning uchun ko’p yillik sport tayyorgarligi jarayonida malakali voleybolchilarni tayyorlash samarasi sakrovchanlik sifatini har tomonlama mukammal tarbiyalash ustivorligiga bevosita bog’liq bo’lib boryapti.
Voleybolchilar tezkorligi va tezkor sakrashini rivojlantirish muammolarini yorituvchi ilmiy tadqiqot hamda ilmiy adabiyotlar doirasi juda keng [6, 7, 8].
Hozirgi jahon sportidaga ko’rsatkichlarning jadal ravishda yangilanib borayotganligi, yosh sportchilarni tayyorlashning yangi, yanada samarali vositalarini, uslublarini va shakllarini izlashni taqozo etadi [13].
Ko’pgina tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, voleybolchilarning sport mahoratini yuksalishi aksariyat hollarda tezlik-kuchlilik sifatlari bo’yicha belgilanadi. Ushbu sifatlarni rivojlantirish malakali voleybolchilar tayyorlashning muhim vazifalaridan biridir (11, 13).
Ma`lumotlar shuni ko’rsatadiki, yosh voleybolchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning texnik malakalarini shakllantirish muhim ahamiyat kashf etadi. Binobarin, dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlab jismoniy sifatlarni sport turi xususiyatiga moslab rivojlantirish texnik malakalarga o’rgatish jarayonini ancha engillashtiradi [6].
Yuqorida qayd etilgan ilmiy ma`lumotlar tahlili shuni isbotlamoqdaki, yuqori malakali sport zahiralarini tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab shakllantira borish muhim ahamiyat kasb etar ekan. Ko’p yillik tayyorgarlik jarayonida jismoniy sifatlarni rivojlantira borish borgan sari tanlangan sport turi uslubiyatiga moslashtirilishi (ixtisoslashtirishi) va uning spetsifik talablariga javob berishi zarur. Ana shundagina muayyan sport turida texnik-taktik mahoratni shakllantirishi va yuqori sport natijasiga erishish imkoniyagi ortib boradi.
Yuqorida qayd etilgan adabiyotlar tahlilidan shu narsa ko’rinib turibdiki, zamonaviy voleybol bo’yicha o’tkazilayotgan musobaqa o’yinlarida ijro etiladigan aksariyat malakalarni (to’p kiritish, zarba berish, to’siq qo’yish, qabul qilish, uzatish) samarali bajarish uchun sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi alohida ahamiyat kashf etadi. Ayniqsa, 4 va 5 partiya davom etadigan o’yinlarda mazkur sifatlarning ahamiyati yanada ortadi. Ko’pgina adabiyotlarda bu sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmuasi aniq taqdim etilgan [6,7,8,11,13]. Ammo bu sifatlarni turli yoshdagi voleybolchilarda rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasi adabiyotlarda aniq tavsiya sifatida taqdim etilmagan. Turli maqsad sari ijro etiladigan sakrash sifatini rivojlantirish an`anaviy mashqlar yordamida amalga oshirilishi ma`lum bo’ldi. Biroq sakrashga oid mashqlarni murakkablashtirilgan sharoitlarda qo’llash masalasiga yetarli darajada ahamiyat berilmas ekan [16]. Sakrash mashqlarini aylanma tezlanishlar ta`sirida ijro etishga zid ma`lumotlar esa adabiyotlarda deyarli mavjud emas. Binobarin, tanlab olingan mavzu dolzarb bo’lib, tadqiqot asosida amalga oshirilishini taqazo etadi. Ta`kidlash joizki, sakrovchanlik va sakrab to’p uzatish qobiliyatini shakllantirishni dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlash, ya`ni 11-12 yoshli bolalarda shu qobliyatlarni maqsadga muvofiq shakllantirish yaxshi natija berishi, shu bolalarda sport mahoratini samarali oshirishga ham katta ta`sir ko’rsatadi. Chunki, shu yoshda sakrab ijro etiladigan malakalarni sakramagan holatda mashq qilish mo’ljallangan natijani bermaydi. Boshqacha qilib aytganda, bir malakaga o’rgatib, shu malakani boshqacha usulda bajarishga qaytadan o’rgatish juda mushkul jarayon. Shuning uchun sakrab to’p kiritish, uzatish, qabul qilish, zarba berish, tusiq qo’yish malakalarini dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlash darkor.
Shunday ekan, sakrovchanlikni rivojlantirish dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlab amalga oshirilishi shu sifatlarni bir maromda progressiv rivojlantirish imkoniyatini yaratadi [11].
Ma`lumki, sakrovchanlik sifatining darajasini portlovchan kuch (yoki tezlik- kuch) darajasiga bog’liq bo’ladi. Demak yosh voleybolchilarda portlovchan kuchni muhim deb bilsak, shu sifatni qachondan boshlab rivojlantirish kerak va qanday mashqlar yoki bu boradagi qanday tajribalardan foydalanish lozim degan savollarga javob topish zarur bo’ladi.



Download 283 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling