LIPIDLAR ALMASHINUVINING BUZILISHI
Organizmda fosfolipid va glikolipidlarning parchalanishi fermentlar ishtirokida boradi. Fermentlar sintezini esa maxsus genlar boshqarib turadi. Bu genlar mutatsiyaga uchraganda fermentlar hosil bо‘lmaydi va organizmda lipidlar tо‘planib qoladi. Organizmda lipidlarning tо‘planishi esa kо‘pgina kasalliklarning paydo bо‘lishiga olib keladi (gangliozidoz, sfigomiyelinoz, glyukotserebrozidoz). Lipidlar almashinuvi buzilishidan asosan leykodistrofiya kasalliklari kelib chiqadi.
PURIN VA PIRIMIDIN ALMASHINUVINING BUZILISHI
Purin va pirimidin almashinuvining buzilishidan kelib chiqadigan irsiy kasallik organizmda gipoksantin-fosforibozil-transferaza (GFRT) fermentining yetishmasligidan paydo bо‘ladi. Bu ferment erkin holatdagi purin birikmalari bо‘lgan guanin va gipoksantinning nukletidlarga aylanish jarayonini tezlashtiradi. Agar bu ferment yetishmaydigan bо‘lsa, organizmda siydik kislotasining miqdori oshib ketadi. Agar sog‘ odamda normada 1 g siydik kislotasi bо‘lsa purin va pirimidin almashinuvining buzilishidan paydo bо‘ladigan kasalliklarda uning miqdori 20-30g ga teng bо‘ladi. Kasallik belgilari bolaning chaqaloq davridayoq yuzaga chiqa boshlaydi va muskullar qisqarishining kuchayishi va ta’sirchanlik xususiyatining oshishi bilan harakterlanadi.
Adabiyotlar
1.G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.
2.Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991
3.To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil
4.Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001
Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g.
Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.
Do'stlaringiz bilan baham: |