Volume ǀ issue ǀ 2021


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1433134
1   2   3   4   5
Bog'liq
maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarida-giperaktiv-bolalar-uchun-o-yin-texnologiyalarini-tashkil-etish-usullari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1120
tomonidan kafolatlaydi. Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga juda katta 
ahamiyat qaratilmoqda. Yuqorida aytib o’tilganidek maktabgacha ta’lim, ta’lim turining 
asosiy negizi bo’lsa, aynan maktabgacha yoshdagi bolalar kelajagimiz poydevori 
hisoblanadi. Shuning uchun ham yosh avlodni tarbiyalash va o’qitish xalq ta’limi 
sistemasining boshlang’ich bo’g’ini 173 bo’lgan maktabgacha tarbiya muassasalaridan 
boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari o’rganilgan 
ko’plab ishlar mavjud bo’lib, bulardan biri «giperaktiv» ya’ni bir soniya ham o’tira 
olmaydigan haddan tashqari harakat mator faolligining kontsentratsiyasidagi nuqsonlari 
deb nomlangan muammo o’ta dolzarbdir. «Giperdinamik sindrom»- bu emotsional 
regulyatsiya tizimidagi buzilishlarning namoyon bo’lishi. Bu turli xil sabablar 
(homiladorlik va tug’ruqning asoratlari, erta bolalikdagi somatik kasalliklar, (jismoniy 
va ruhiy) natijasida yuzaga keladigan mikroorganik miyaning psixik shikastlanishi bilan 
bog’liq. Bu sindromning yana bir nomlanishi «Bebosh bola» sindromi deb nomlanadi. 
Bugungi kunda esa ushbu sindromga genetik moyillik mavjudligi haqida ham 
ma’lumotlar bor. Chunki ushbu kasallik aniqlangan bolalarning ota-onasining 30 foizi 
bolalik davrida bebosh bo’lgan bo’lishadi. Ayniqsa, ota-onadagi psixopatologik 
xarakter, spirtli ichimliklarga moyillik va giyohvandlik bolaga o’tishi mumkin. 
Giperaktiv sindromining asosiy belgilari bola irodasi, his-tuyg’ulari va xulq-atvorining 
buzilishlaridan iborat. Bularga: - Impulsivlik (tezkor); - Bir joyda tinch o’tira olmaslik; - 
Boshlangan o’yinni oxiriga yetkazmaslik; - Birovning (ayniqsa, ota-onaning) gapiga 
quloq solmaslik; - O’z bilganidan qolmaslik, qaysarlik; - Diqqatning pasayishi, 
uquvsizlik; - Atrovdagilar ishiga va boshqa bolalar o’yiniga aralashish, ularga 174 
xalaqit berish; - Tez-tez janjal chiqarish, ukalariga azob berish Iskovuchlar O’yinning 
maqsadi: ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish; O’yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga 
xonadagi narsalarning fato suratini yoki buyumning parchasini korsatadi. Bolalar esa 
ushbu elementni imkon qadar tezroq xonadan topib, uni ko’rsatishlari kerak. O’yinni 
murakkablashtirish uchun siz obyektni taniydigan va topadiganlardan uning nomini 
ovoz chiqarib aytmaslikni va ko’rsatmaslikni (yoki hakam qo’lini ko’targan boladan 
so’raydi) so’rashingiz mumkin. Baliqchi va baliq haqidaO’yinning maqsadi: diqqatni 
jalb qilish, aqliy va jismoniy bilish qobilyatlarini tiklash, bolaga qiziquvchanlikni 
uyg’otish. O’yinning borishi: Bolalar juftlarga bo’linishadi. Juftlardan biri qo’llarini 
yoyadi va ularni kestirib, balandlikda ushlab turadi. Bu tuzoq, baliq uchun «to’r». 
Ikkinchisining vazifasi qo’lini ushlamasdan tuzoqning har ikki tomonining o’rtasida 
turish. Tuzoq har qanday soniyada yopilishi mumkin va baliq «to’rda» bo’ladi. Agar 
baliqchi baliq tutgan bo’lsa, unda ular o’rinlarini almashadi. Giperaktiv sindromi 
aniqlangan bolalarning kata yoshdagilar bilan munosabati ham yaxshi kechmaydi. 
Chunki ularning e’tiborini har doim ham maqtov va rag’batlantirish orqali qozonib 
bo’lavermaydi. Shu bilan birga ularni do’q-po’pisa bilan tarbiyalash va yo’lga solish 
o’ta no’to’g’ri yo’ldir. Bunday usul ularda xulq-atvor buzilishlarini faqat kuchaytirib 



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling