Volume-26, Issue-2, January–2023 1
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 5.34 Mb. Pdf ko'rish
|
98-71-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-26, Issue-2, January - 2023 62 BOSHQARUV KONSEPSIYASI VA ASOSIY TUSHUNCHALAR Sh.K.O`rinov, BuxDU Musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasi o`qituvchisi M.Ismoilova BuxDU San’atshunoslik fakulteti talabasi Annotatsiya: Boshqaruv tushunchasi tor ma’noda biror bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo’lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi, faoliyat yo'nalishini to’g’ri tanlay bilish, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayonning borishiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu maqola boshqaruv va uning nazariyasi haqida so’z boradi. Kalit so‘zlar: demokratiya, strategik boshqaruv, boshqaruv texnologiyalari. Boshqaruv atamasi yunon tilidan kelib chiqqan bo’lib kibernan, bu to'g'ridan- to'g'ri kemani boshqarish harakatiga tegishli bo'lsa-da, yo'naltirishni anglatadi, Aflotun tomonidan fuqarolarni boshqarish uslubiga murojaat qilish uchun ishlatilgan. Bugungi tezkor jarayonda ya’ni axborot asrida boshqaruvni yuksaltirish eng dolzarb bо‘lib turgan bir paytda, jamiyatda boshqaruv texnologiyalarisiz har qanday vazifani bajarish qiyindir. Albatta, biz bilamizki boshqaruvni uch asosiy turi mavjud: avtoritar, demokratik va liberal. О‘zbekiston huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yо‘lidan borar ekan, jamiyat boshqaruvida demokratik boshqaruv tamoyillari yetakchi о‘ringa chiqmoqda. Bugungi kun talabi boshqaruv strategiyasi va amaldagi vazifalarini ham о‘zgartirmoqda, yangidan yangi maqsadlar va vazifalar qо‘ymoqda. Aynan boshqaruv texnologiyalari tushunchasi orqali buni ahamiyatini bilish mumkin. Boshqaruv texnologiyalari asosan: -boshqaruv jarayonlari va umumiy boshqaruv funksiyalari (rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat, muvofiqlashtirish); - motivatsiyaning mazmuni va jarayon nazariyasi; -boshqarish, aloqa tarmoqlari, og‘zaki bо‘lmagan ma’lumotlar haqida axborot va kommunikatsiyalar; - boshqaruv qarorlari: qabul qilish va ijrosini ta’minlash, ijroni nazorat va monitoring qilish borasidagi amaliy harakatlarni о‘z ichiga oladi. О‘z о‘rnida har qanday tashkilotning nizomi va tashkiliy-meyoriy faoliyatida boshqaruv texnologiyalari muhim о‘rinni egallaydi. Boshqaruv jarayonining rivojlanish bosqichlari haqida gap ketganda Sohibqiron Amir Temurning davlat va harbiy ishlarni boshqarish borasidagi tashkilotchilik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling