Volume-26, Issue-2, January–2023 1
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 5.34 Mb. Pdf ko'rish
|
98-71-PB
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-26, Issue-2, January - 2023 63 faoliyati haqida quyidagilarni keltirish mumkin. Buyuk sarkarda va davlat arbobi hisoblanmish Sohibqiron Amir Temur madaniyat va san’atga, adabiyotu ma’rifatga aloqador kishilardan saltanat rivoji yо‘lida foydalanmoqlik, ularning ibratli hayot va ijod 14 yо‘llarini targ‘ib qilmoqlik masalasida ham dunyoga ibrat bо‘larli ijobiy ishlarni qilganini tarix tasdiqlaydi.Shuning uchun ham Movoraunnahrning poytaxti Samarqand madaniyat va san’at rivojining muhtasham markaziga aylangani, undan tashqari dunyoning eng kuchli sangtaroshlari, naqqoshlari, me’morlarining mujassami ham Samarqandda qurilgan binolarda о‘z aksini topgani jahongirning ijod kishilariga bо‘lgan e’tiboridan darakdir. Shuning uchun ham Amir Temur: “Bir daraxtni kessam, о‘rniga о‘n daraxtni ektirdim”, yoki “Bizning qudratimizga shubha qilganlar qurgan imoratlarimizga boqsinlar” deb aytgan bо‘lsa kerak. Ma’lumki, boshqaruv jarayonida rahbariyat va xodimlar о‘rtasidagi munosabat, boshqaruv qarorlarini о‘z о‘rnida va asosli qabul qilish, muntazam va sifatli ijro, ijroning vaqt va aniqlik mutanosibligidagi doimiy 22 nazorati jarayonning asosini, negizini bildiradi. Boshqaruv jarayonlarining uzviy va samarali kechishi inson kapitali, mehnat turi, mehnat predmeti va ishning kо‘lamiga bevosita bog‘liq. Amalda boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish tarzidagi qator uzluksiz, tizimli jarayonlarni о‘z ichiga oladi. Bu bosqichlar tashkiliy tayyorgarlik, qaror qabul qilish, qaror ijrosini ta’minlash va nazorat shakllari asosiga quriladi. Ma’lumki, tahliliy axborot boshqaruv subyekti uchun faqat mehnat predmeti emas, balki bir vaqtning о‘zida bilim va tajribani, mehnat mahsulotini amalga oshirish vositasi hamdir. Axborot boshqaruv faoliyatida eng zarur tushuncha bо‘lib, boshqaruv jarayonining о‘zagi, sifat va samaradorlikning kо‘lami qabul qilingan axborotning aniq va ishonchli, samarali ekaniga bog‘liq. Ishlab chiqarish uzluksizligini amalga oshirish boshqaruv texnologiyalarini tizimli tashkil etishda kо‘proq kо‘rinadi. Har qanday tashkilot kelajak strategik dasturini aniqlashi va bu strategiyani amalga oshirish uchun butun jamoaning mas’uliyati va javobgarligini ta’minlashi zarur. Strategik boshqaruvning funksiyasi tezkor boshqaruvning funksiyasi bilan chambarchas bog‘liq bо‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda va tashkilot rivojlanishining asosiy shartidir. Xulosa qilib aytganda, boshqaruv jarayonini yanada takomillashtirish uchun zamonga qarab doimiy yangicha formatda to’ldirib borish lozimdir. Download 5.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling