Voqeaband sujet va voqeaband bo'lmagan sujet


Download 125.32 Kb.
bet7/34
Sana08.01.2022
Hajmi125.32 Kb.
#253693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi Word

1)  kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, ertak, afsona, badia, etyud, ocherk, esse;

2)     o`rta epik shakllar: qissa (povest);

3)     katta epik shakllar: epos, epik doston, roman, epopeya.

 

         Yuqoridagi tasnifga ayrim izohlarni kiritib o`tish darkor. Masalan, badia, etyud, ocherk kabilar sof badiiy proza namunasi bo`lmay, badiiy-publisistik janrlar sanaladi. Yoki hozirgi adabiyotda ommalashib borayotgan esse janri, birinchidan, badiiy-publitsistik xarakterga egaligi, ikkinchidan, hajm e`tibori bilan turlicha ko`rinishlarga egaligi (kichik hikoya shaklidan to katta roman shakligacha) bilan xarakterlanadi. Masalan, X.Davronning «Bibixonim qissasi yoxud tugamagan doston» asari ham, B.Ahmedovning «Mirzo Ulug`bek» asari ham mohiyatan esse, biroq ular hajm e`tibori bilan keskin farqlanadi. Yoki ayrim tadqiqotchilar masalni liro-epik janrga mansub hisoblaydilarki, bunda qissadan chiqarilgan hissani lirik ibtido sifatida qabul qiladilar. Biroq har qanday masalda voqea (juda qisqa bo`lsa ham) hikoya qilinishi e`tiborga olinsa, uni epik asar sanash to`g`riroq bo`lur edi. Zero, bu yo`ldan borilmasa, voqeaband she`rlarni ham, muallif chiqarayotgan xulosa ochiqroq ifodalangan epik asarlarni ham liro-epik turga mansub etishga to`g`ri kelur edi. Yana bir izohtalab nuqta shuki, «doston» nomi bilan yuritiluvchi janr ham lirikada, ham eposda bo`lishi tabiiy. Shu bois ham adabiyotshunoslikda «lirik doston», «epik doston», «liro-epik doston» singari janr atamalari qo`llaniladi. Shunday ekan, konkret dostonni u yoki bu turga mansub etishda o`sha dostonning o`zidan kelib chiqishimiz, undagi epik va lirik unsurlar salmog`ini asosga olishimiz zarur boiadi. Masalan, xalq og`zaki ijodidagi dostonlarning aksariyati epik doston sanalsa, Mirtemirning «Surat» (muallif uni «lirik qissa» deb nomlagan bo`lsa ham), S.Zunnunovaning "Ruh bilan suhbat" dostonlari lirik dostonlardir.



Lirika (yun. cholg`u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo`lib, o`zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg`u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya`ni epos va dramadan farqli ravishda, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yana ham aniqrog`i, lirikada kechinmani tasvirlash uchun yetarli miqdordagi voqelik «parchalari», detallargina olinadi.


Download 125.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling