Voqeaband sujet va voqeaband bo'lmagan sujet


-ma’ruza: Adabiy turlar va janrlar


Download 125.32 Kb.
bet5/34
Sana08.01.2022
Hajmi125.32 Kb.
#253693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi Word

4-ma’ruza: Adabiy turlar va janrlar

Reja:

 

1.     Adabiy tur tushunchasi. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish prinsiplari.



2.     Epik turning spetsifik xususiyatlari. Epik tur janrlari.

3.     Lirik turning spetsifik xususiyatlari. Lirik tur janrlari.

4.     Dramatik turning  spetsifik xususiyatlari. Dramatik tur janrlari.

 

Tayanch so`z va tushunchalar: adabiy tur, janr, plastik va noplastik elementlar, voqeabandlik, lirika, epos, drama, roman, lirik janrlar, komediya, tragediya.

 

An`anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga – epik, lirik va dramatik turlarga ajratib kelinadi. Adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan ishlanib keladiki, bu uning adabiyotshunoslikning muhim nazariy masalalaridan ekanligini ko`rsatadi.



Miloddan avvalgi 384-322 yillarda yashagan qadim yunon qomusiy olimi Aristotel (Arastu) o`zining «Poetika» nomli asarida badiiy asarlarni turlarga ajratish an`anasini boshlab bergan. Aristotel san`atni tabiatga «taqlid qilish» deb tushungan va uning fikricha, tabiatga uch xil yo`sinda: 1) o`zidan tashqaridagi narsa to`g`risida hikoya qilayotgandek; 2) taqlidchi o`z holicha qolgan, qiyofasini o`zgartirmagan holda va; 3) tasvirlanayotgan kishilarni faol harakatda taqdim etgan holda taqlid qilish mumkin, deb bilgan. Ko`ramizki, bu o`rinda badiiy adabiyotning uchta turi: epos, lirika va drama ajratilmoqda.

Adabiy turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo`yish an`anasi XYIII asrgacha davom qilib keldi. XYIII asrga kelib nemis faylasufi Gegelbadiiy adabiyotni turlarga ajratishda tasvir perdmetini, ya`ni konkret asarda nima tasvirlanayotganini asos qilib oldi: epos - voqeani, lirika - ruhiy kechinmani, drama harakatni tasvirlaydi.

Keyinroq, XIX asrda yashagan rus tanqidchisi V.G.Belinskiy ham, asosan, Gegel an`anasini davom ettirdi. Ayni paytda, u asardagi obyekt (voqelik) va subyekt (ijodkor) munosabatini ham e`tiborga oldi, ya`ni eposda obyektivlik, lirikada subyektivlik, dramada ikkisining qorishiqligi kuzatilishini ta`kidladi. Eposni «obyektiv poeziya» (poeziya bu o`rinda umuman badiiy adabiyot ma`nosida) deb atarkan, Belinskiy epik asar muallifi o`zining ixtiyoridan tashqari «o`z-o`zicha amalga oshgan narsaning oddiy hikoyachisi» maqomida turishini, lirikani «subyektiv poeziya» deganida esa «unda ijodkor shaxsiyatining birinchi planda turishi va barcha narsa uning shaxsiyati orqali qabul qilinishi va anglanishi»ni nazarda tutadi.

Shuni unutmaslik kerakki, obyektivlik va subyektivlik degan tushunchalarni mutlaqlashtirmaslik zarur. Zero, eposni «obyektiv poeziya» deganimizda uning faqat o`quvchi nazdidagina «obyektivlik» illyuziyasini hosil qilishi nazarda tutiladi, aslida esa epik asarda ham subyektiv ibtido mavjuddir.

Albatta, har bir adabiy turning qator o`ziga xos jihatlari, o`ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, shulardan biri – lirik asarlarning, asosan,she`riy yo`l bilan, epik asarlarning, asosan, nasriy yo`l bilan yozilishi. Xo`sh, ayni shu narsa adabiy turning belgilovchi xususiyati sanala oladimi? Yo`q, chunki, she`riy yo`l bilan yozilgan epik va dramatik asarlar bo`lganidek, nasriy yo`l bilan yozilgan lirik asarlar ham mavjud.

Shuningdek, konkret adabiy turga mansub asarlarning hajmi, ulardagi yetakchi nutq shakli, konflikt turi, problematikasi kabilarda ham sezilarli farqlar kuzatiladi. Lekin bu xususiyatlardan qay birlari belgilovchi sanalishi mumkin?

Mavjud tasnif prinsiplari orasida, bizningcha, Gegel taklif etgan tasvir predmetidan kelib chiqqan holda turlarga ajratish tamoyili hozircha eng maqbuli ko`rinadi. Ya`ni biz badiiy asarlarni turlarga ajratishda konkret asarda nima tasvirlanganidan kelib chiqamiz: dramatik asarda harakat, lirik asarda kechinmalar, epik asarda voqelik (voqealar) tasvirlanadi.

Mazkur qarashni biroz rivojlantirib, turlarga ajratishda badiiy asarda nimaning obrazi yaratilganini qo`shimcha asos sifatida qabul qilish mumkinki, bu tasvir predmeti asosidagi tasnifni to`ldiradi: lirikada subyektning noplastik obrazi, buning ziddi o`laroq dramada obyektning plastik obrazi, eposda esa obyekt va subyektning qorishiq obrazi yaratiladi.

Nima uchun lirikada «subyektning noplastik obrazi» yaratiladi, deb aytamiz?   Ma`lumki, lirik asarning  yetakchi obrazi – lirik qahramon. Biz lirik asarni o`qiganimizda, lirik qahramon holatini, kayfiyatini, kechinmalarning qanday holatda yuzaga kelganligini, uning his-kechinmalariga turtki bo`lgan voqelik fragmentlarini his qilishimiz, tasavvur qilishimiz mumkin. Biroq lirik qahramonning o`zini, aytaylik,romandagidek jonli inson (ya`ni obyektivlashtirilgan tasvir) sifatida ko`z oldimizga keltirolmaymiz.


Download 125.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling