Vositalari
Download 442.57 Kb. Pdf ko'rish
|
vS88Pyx7FHb0GH6S9gUE7fy8L4GLggbxIjTDMM0R
4
25-30 81 -100% 5 5- sinfda “Oddiy kasrlar” bobiga doir o‘quvchilar yutuqlarini baholash bo‘yicha 7-nazorat ishi variant namunasi Odatda nazorat ishining bir-biriga teng kuchli bo‘lgan 2 xil variantda tuziladi. Lekin, ob’ektivlikni ta’minlash uchun variantlar sonini 4 ta qilib tuzgan ma’qul. Quyida shunday variantlardan birini namuna sifatida keltiramiz. Undan 18 ta rang-barang topshiriq o‘rin olgan. Topshiriqlar qoloq o‘quvchilardan toptib, a’lochi o‘quvchilargacha moslab tuzilgan. Topshiriqlar soni nega buncha ko‘p? Bu topshiriqlarni tahlil qilib chiqqandan so‘ng bu savolga javob topishingiz mumkin. Nazorat ishini bajarish uchun a’lochilar uchun ham vaqt yetar-yetmas bo‘lishi muhim. Shunda hamma ish bilan mashg‘ul bo‘lib, ko‘chirmachilikka vaqt qolmaydi. Bunday nazorat ishi topshiriqlarini o‘tkazishda quyidagi tashkiy ishlarga ham e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Topshiriqlar ko‘p bo‘lgani uchun, ularni daftarga ko‘chirib yozish ham ko‘p vaqtni olib qo‘yadi. Vaqtdan yutish maqsadida har bir o‘quvchiga nazorat ishi topshiriqlarini alohida bir varaq qog‘ozga bosmadan chiqarib tarqatish lozim bo‘ladi. Bir varaq qog‘oz ikkiga buklanib, tepada dastlab nazorat ishi nomi yoziladi, so‘ng esa nazorat ishi topshiriqlari to‘liq keltiriladi. Nazorat ishi varag‘ida o‘quvchilar o‘z ism familiyalari, sinfi va nazorat ishi nomerini yozishadi. So‘ng har bir topshiriqqa ajratilgan joylarni talab qilingan yozuvlar bilan to‘ldiradilar. Yuqorida keltirilgan variantda javoblar uchun maxsus joylar tashlab ketilgan. Topshiriq turidan kelib chiqib, tegishli javoblar doiraga olib belgilanadi, topshiriqda aytilgan tegishli sohalar bo‘yaladi, shakllar chiziladi, chiqiqlar chizib mosliklar o‘rnatiladi, qoldirib ketilgan belgi va sonlar yoziladi, sonli qisqa javoblar (yechimsiz) ajratilgan joyga yoziladi, to‘liq yechimlar esa qoldirilgan joyda keltiriladi. Dars oxirida varaqlar yig‘ib o‘qituvchiga topshiriladi. Shuningdek, agar maktabda kompyuter sinflari yyetarli bo‘lsa, bunday nazorat ishlarini kompyutyerda o‘tkazgan ma’qul bo‘ladi. Bu holda, albatta topshiriqlarini kompyutyerda tekshirishga moslab qayta tuzish lozim bo‘ladi. Kompyutyerda test olisga mo‘ljallangan ko‘plab tayyor kompyuter dasturlari mavjud. Masalan, iSpring QuizMarker deb nomlangan dastur juda qulay va ko‘rgazmali qilib ishlangan bo‘lib, 12 xil tipdagi topshiriqlar asosida nazorat ishini o‘tkazishga mo‘ljallangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling