Вояга етмаган маҳкумларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини тушунтиринг


Маҳкумларни ишга жалб қилиш ва уларга ҳақ тўлаш тартибини муҳокама этинг


Download 127.01 Kb.
bet8/21
Sana02.02.2023
Hajmi127.01 Kb.
#1146311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
JIK6976969803

Маҳкумларни ишга жалб қилиш ва уларга ҳақ тўлаш тартибини муҳокама этинг.
Жазоларни ижро этиш муассасаси маъмуриятининг ҳаракатлари қонунийлигига баҳо беринг.
Ушбу ҳолат юзасидан мустақил фикрингизни билдиринг.
qo’shimcha: 75-modda. Mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar o‘z shaxsiy hisobvarag‘idagi pul hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olishlari mumkin.
85-modda. Mahkumlarning ovqati
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga organizmning energiyaga va ozuqaviy moddalarga bo‘lgan fiziologik ehtiyojini ta’minlaydigan ovqat qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti hisobidan beriladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotganlar mustasno.
Ovqat normasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahkumlarning sog‘lig‘i holatiga, ularning yoshi, bajarayotgan ishining xususiyati va og‘irligiga qarab belgilanadi. Mahkumlarga ularni ishga jalb etgan korxona, muassasa va tashkilotlar mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ovqat berilishi mumkin.
Mahkum homilador ayollar, emizikli onalar, voyaga yetmaganlarga, shuningdek I va II guruh nogironlariga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi. Tibbiy xulosa asosida ularga qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari olishga ruxsat etilishi mumkin.
88-modda. Mahkumlarni mehnatga jalb etish
89-modda. Mahkumlarni ish bilan ta’minlash
2495IIV nizomining 365-366bandi.
Mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiy-foydali faoliyat bilan shug‘ullanish ehtiyojini shakllantirishdan iborat. Mahkumlar jinsi, yoshi, sog‘lig‘ining holati, mehnat qobiliyati va iloji boricha, ixtisosini inobatga olgan holda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan, JIKda nazarda tutilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda, tartibga solinadi. Mahkumlar, odatda, shu JIEMlarning korxonalarida, ayrim hollarda esa, kerakli tarzda qo‘riqlash va batamom ajratib qo‘yish ta’minlangan taqdirda, boshqa korxonalarda mehnatga jalb etiladi. Bunda mahkumlarning har kuni JIEMga qaytishi ta’minlanishi shart. Mahkumlarning xususiy shaxslar foydasiga mehnat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jazoni tarbiya koloniyalari va turmalarda o‘tayotgan mahkumlar JIEM korxonalarining o‘zida mehnatga jalb etiladi. Oltmish yoshdan oshgan erkaklar, ellik besh yoshdan oshgan ayollar, I va II guruh nogironlari mehnatga o‘z xohishlariga ko‘ra jalb etiladilar. Mahkuma ayollar homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatga ishdan ozod qilinadilar. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida bajarish taqiqlangan ishlarda ayol va voyaga yetmagan mahkumlar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mahkumlarni ish bilan ta’minlash JIEMlarda yoki ulardan tashqarida ish o‘rinlarini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mahkumlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan ish vaqtining eng ko‘p normasiga rioya etgan holda, odatda, olti kunlik ish haftasi belgilanadi. Mahkumlar ish vaqti rejimini JIEM ma’muriyati ishlab chiqarish xususiyatiga qarab belgilaydi. Mehnatga jalb etilgan mahkumlarga har haftada kamida bir dam olish kuni beriladi. Ular bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishdan ozod qilinadi.
Mahkumlar mehnatiga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq haq to‘lanadi. Mehnat normalarini va mehnat vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga to‘lanadigan oylik haq qonunchilik hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas. Barcha chegirmalardan qat’i nazar, mahkumlar shaxsiy hisobvarag‘iga ularga yozilgan ish haqining kamida yigirma besh foizi, oltmish yoshdan oshgan erkaklarning, ellik besh yoshdan oshgan ayollarning, I va II guruh nogironlarining, homilador ayollarning hamda JIEMlar qoshidagi bolalar uyida bolasi bor ayollarning, shuningdek manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning hisobvarag‘iga esa, kamida ellik foizi o‘tkazib qo‘yiladi. Mahkumlar JIEMlarni va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, shuningdek madaniy-maishiy sharoitni yaxshilash ishlarigagina mehnat haqi to‘lamay jalb etilishi mumkin. Mahkumlarning ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi ishlari uchun ikki hissa haq to‘lanadi.

Download 127.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling