Jazolarni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining harakatlari qonuniyligiga baho bering.
Mahkumlarga kishi organizmining normal hayotini ta’minlaydigan ovqat beriladi. Ovqat normasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahkumlarning sog‘lig‘i holatiga, ularning yoshi, bajarayotgan ishining xususiyati va og‘irligiga qarab belgilanadi. Mahkumlarga ularni ishga jalb etgan tashkilotlar mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ovqat berilishi mumkin. Demak, mahkumlar ularni ishga jalb etgan korxonalar va tashkilotlar hisobidan qo‘shimcha ovqat berilishi qonunga xilof emas. Bu vaziyatda JIEM ma’muriyati e’tiroz bildirishi mumkin emas. Mahkum homilador ayollar, emizikli onalar, voyaga yetmaganlarga, shuningdek I va II guruh nogironlariga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi. Tibbiy xulosa asosida ularga qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari olishga ruxsat etilishi mumkin.
Bu vaziyat yuzasidan mustaqil fikr bilidiradigan bo‘lsak, mahkumlar o‘zlarining mehnat qilib topgan pullariga qo‘shimcha ovqat sotib olishlari mumkin. Bu ularni axloqan buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Balki ularning mehnta unumdorligini oshirishga, axloqning tuzalishi va halol mehnat evaziga pul topish mumkinligiga ishonch hissini uyg‘otishga xizmat qiladi. Agar mahkumlarning ishlagan pullari muassasa hisobiga o‘tkazilsa, ularda pul baribir o‘zlariga kelmasligi va undan erkin foydalanmasligiga nafrat uyg‘otib, ish unumdorligi tushib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
8-kazus. 2014 йилда Тошкент шаҳар жиноят ишлари бўйича Олмазор тумани суди тамонидан судланувчи Азамовга қасддан содир этган жинояти учун озодликдан маҳрум қилиш тариқасидаги жазо чораси суд ҳукми билан қўлланилган. Маҳкум Азамов Жазони ўташ даврида унга нисбатан интизомий жазо чораси қўлланилган. Маҳкум Азамовнинг жамоат ишларидаги фаоллиги ва меҳнатга ҳалол муносабати учун интизомий жазони муддатидан олдин олиб ташлаш шаклидаги рағбатлантириш чораси қўлланилди.
Унга интизомий жазо 2014 йил 1 майда қўлланилган эди. Рағбатлантириш чораси эса 2014 йил 1 июлда қўлланилган.
Do'stlaringiz bilan baham: |