Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari reja : kirish asosiy qism


Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash


Download 235 Kb.
bet15/18
Sana30.04.2023
Hajmi235 Kb.
#1415019
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
30 VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI

Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash

О‘zR JKning 60-moddasiga binoan, agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni tо‘la о‘tamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm bо‘yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan о‘talmay qolgan jazo muddatini tо‘la yoki qisman qо‘shadi.
Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qо‘shish yо‘li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan bо‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qо‘shishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bо‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qо‘shishda yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud jazolarni tо‘la yoki qisman qо‘shish yо‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat bо‘yicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qо‘shiladi.
Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qо‘shimcha jazolar hukmlar jami tariqasida tayinlangan asosiy jazoga qо‘shib tayinlanadi.

  1. Jazolarni qо‘shishning hisoblash qoidalari

Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlashda ayrim hollarda jinoyat sodir etgan shaxsga turli jazolar tayinlanadigan holatlar yuzaga keladi. Bunday hollarda sud boshqa jazolarni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga muvofiqlashtirish muammosiga duch keladi. Jinoyat kodeksining 61-moddasida ushbu muammo jazolarni qо‘shishning hisoblash qoidalarini belgilash orqali hal qilinadi.
Jinoyat kodeksining ushbu moddasiga muvofiq, har xil asosiy jazolarni qо‘shganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga qamoq yoki intizomiy qismga jо‘natishning bir kuni tо‘g‘ri keladi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan axloq tuzatish ishlari kо‘rinishidagi jazoni yoki xizmat bо‘yicha cheklashni qо‘shganda ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bо‘yicha cheklashning uch kuni tо‘g‘ri keladi (JK 61-m. 2-q.).
Hukmlar jami bо‘yicha tayinlangan qо‘shimcha jazolar mustaqil ravishda ijro etiladi. Hukmlar jami bо‘yicha jazo tayinlashda faqat asosiy jazo choralari qо‘shiladi.
Bir necha hukm yuzasidan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni tayinlashda sud uning tarkibiga kiruvchi hukmlardan hech birida turma jazosi tayinlanmagan bо‘lsa, bunday jazoni belgilashga haqli emas.
61-moddaning 2-qismida jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazolar ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jо‘natish, qamoq, xizmat bо‘yicha cheklash, axloq tuzatish ishlari jazolari bilan qо‘shilganida har qaysisi alohida ijro etilishi belgilangan.

  1. Dastlabki qamoq vaqtini hisobga olish

О‘zR JKning 62-modasiga kо‘ra, sud jazo tayinlash vaqtida dastlabki qamoqning har bir kunini:
a) qamoq, intizomiy qismga jо‘natish va ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bо‘yicha cheklashning uch kuniga tenglashtirib hisoblaydi.
Dastlabki qamoqni ayblov hukmi bilan tayinlangan jazo muddatida hisobga olish sudning majburiyatidir. Dastlabki qamoq jinoiy jazo emas, u jinoyat-protsessual qonun hujjatlari asosida qо‘llaniladi. U muayyan cheklovlar va mahrumliklarni nazarda tutadi. Shu bois qonunda insonparvarlik va adolat prinsiplaridan kelib chiqib, sud tayinlagan jazodan ortiq mahrumliklar va cheklovlar qо‘llashga yо‘l qо‘ymaslik muhimligi haqidagi qoida belgilangan.
Tayinlangan jazo muddatiga dastlabki qamoqda gumon qilinuvchini ushlab turish vaqti ham qо‘shiladi. Ushlab turish ushlangan va ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin bо‘lgan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga yо‘l qо‘ymaslik, qochishi, dalillarni yashirishi yoki yо‘q qilishining oldini olish maqsadida, militsiya idorasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab kо‘pi bilan 72 soat muddatga qisqa muddatli ozodlikdan mahrum qilishdan iboratdir.
Ehtiyot chorasi bо‘lmish qamoq faqat ayblov e’lon qilingan shaxsga nisbatangina va u ayblanuvchi tariqasida sо‘roq qilingan taqdirdagina qо‘llanishi mumkin.
Statsionarda kuzatish talab etiladigan sud-tibbiy yoxud sud-psixiatriya ekspertizalari о‘tkazilishi munosabati bilan tibbiy muassasada bо‘lish vaqti ham keyinchalik tayinlangan jazoda hisobga olinishi lozim bо‘lgan dastlabki qamoq sifatida qaralishi kerak.
Bunday shaxslarning, shuningdek jinoyat sodir etganidan sо‘ng ruhiy kasallikka chalingan va tibbiy yо‘sindagi majburlov choralarini qо‘llash mumkin bо‘lgan shaxslarning tibbiy muassasada bо‘lish vaqti mazkur shaxslar sog‘ayganidan sо‘ng jazo tayinlashda hisobga olinishi lozim bо‘lgan dastlabki qamoq sifatida qaralishi kerak.
Shuningdek, harbiy xizmatchining qamoqda о‘tkazgan vaqti ham jazo muddatiga qо‘shib hisoblanadi.
Dastlabki qamoqda saqlanayotgan shaxs boshqa jazo choralariga hukm qilingan taqdirda sud о‘tab bо‘lingan dastlabki qamoq muddatini hisobga olishi shart.

  1. Jazo muddatlarini hisoblash

Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bо‘yicha cheklash, qamoq, intizomiy qismga jо‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarning muddatlari oylar va yillar bilan hisoblanadi. Jazolarni almashtirish, hisoblash, qо‘shish vaqtida ularning muddatlari sutkalar bilan hisoblanishi mumkin (JK 63-m.).
Jinoiy jazo muddatlarini tо‘g‘ri hisoblash jazoni ijro etishda qonuniylik va odillik prinsiplarining amalga oshishini, shuningdek jinoyat huquqining ayrim normalari va institutlari asosli qо‘llanishini ta’minlaydi. Masalan, sudlanganlikni tugatish va bekor qilish, jazodan muddatidan oldin shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish, shaxsni о‘ta xavfli retsidivist deb topish kabilar shular jumlasidandir.
Shaxs bir necha jinoyat sodir etgan yoki bir necha hukm yuzasidan sudlangan hollarda (bu esa JKning 59 va 60-moddalariga binoan uzil-kesil chorani aniqlashda har bir jinoyat uchun tayinlangan turli xil yoxud bir xil jazolarni qо‘shishni talab etadi) jazo muddatlarini nafaqat oylar va yillarda, balki sutkalarda ham hisoblashga yо‘l qо‘yiladi. Shu qoidaning о‘zi dastlabki qamoqni Jinoyat kodeksining 62-moddasida belgilangan tartibda tayinlangan jazo muddatida hisobga olish hollarida, shuningdek bir turdagi jazoni boshqasiga almashtirishda ham qо‘llaniladi. Bir jazoni boshqasiga almashtirish zarurati, masalan, axloq tuzatish ishlarini о‘tashdan bо‘yin tovlash (JK 46-m. 4-q.), jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish (JK 74, 90-m.) va ba’zi bir boshqa hollarda yuzaga kelishi mumkin.
Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish obyektiv tomondan quyidagi harakatlarda ifodalanishi mumkin:
- jinoyatni sodir etish vositasi yoki qurollarini qidirib topish, ya’ni xohlagan yо‘l bilan jinoyatni sodir etish vositasi hamda (yoki) qurollariga ega bо‘lish. Jinoyatni sodir etish vositasi va qurollariga ega bо‘lish qonuniy (masalan, aholi yashash joylariga qonunga xilof ravishda kirish maqsadida chilangarlik asbobini dо‘kondan xarid qilish, narkotik moddalarni yashirish hamda ularni noqonuniy tarzda chegaradan olib о‘tish maqsadida avtotransport vositasini tanishidan vaqtincha ijaraga olish va h. k.) yoxud noqonuniy bо‘lishi mumkin (masalan, bosqinchilik hujumlarida foydalanish maqsadida о‘q otish qurolini о‘g‘irlash, о‘g‘irlangan mol-mulkni tashish maqsadida avtotransport vositasini olib qochish va h. k.);
- jinoyat sodir etish vositasi va qurollarini moslashtirish, ya’ni qasd qilingan jinoyat sodir etishda foydalanish maqsadida qо‘l ostidagi buyumlarning kо‘rinishini о‘zgartirish hamda qayta ishlash
- jinoyat sodir etish vositasi va qurollarini yasash, ya’ni ularni yarimfabrikatlar, yarimmahsulot, xomashyodan zavodda yoki hunarmandchilik usuli bilan yasash (masalan, fuqarolarga tegishli mulkka noqonuniy tarzda egalik qilish maqsadida, militsiya xodimining qalbaki guvohnomasini yasash, uy-joyga kirish uchun eshik ochadigan moslamalarni tayyorlash, firibgarlik yо‘li bilan pul о‘g‘irlash maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirish va h. k.);
- jinoyat sodir etiladigan joyni va vaqtni о‘rganish (masalan, dо‘kondan mol о‘g‘irlashga ahd qilgan shaxs dastlab dо‘konning ish tartibi, ish kunining boshlanishi va yakunlanishi, qо‘riqlash xizmatining ish tartibi hamda dо‘konni aylanish vaqti va yо‘nalishini, dо‘kon ichiga kirishning eng qulay va xavfsiz yо‘llarini о‘rganish);
- jinoyatni sodir etish imkoniyatlarni aniqlash (masalan, qо‘riqlash texnikasining ishonchliligi, xavfsizlik xizmatining mavjudligi, uning qurollanganligi, sifat va son hamda bank bо‘limini talon-taroj qilishda xavf-xatarni kuchaytirishi yoki kamaytirishi mumkin bо‘lgan boshqa holatlarni о‘rganish);
- jinoyatni sodir etish vaqtida kо‘zlangan maqsadga erishishga xalaqit berishi mumkin bо‘lgan tо‘siqlarni bartaraf etish usullarini о‘ylab topish (masalan, shaxsni о‘ldirish maqsadida uni qо‘riqlayotgan soqchilarni chalg‘itish xonaga yashirincha jinoiy maqsadda kirish uchun signalizatsiya va telekuzatuv vositalarini ishdan chiqarish);
- jinoyat ishtirokchilarini jalb etish, jinoiy guruhlar tuzish, ya’ni bir yoki bir nechta jinoyatlar sodir etish uchun о‘z maqsadlarini birlashtira oladigan shaxslarni qidirib topish.
Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish tarkibining subyektiv tomoniga xos jihat shundaki, u faqat tо‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi, ya’ni shaxs о‘z xatti-harakatlari keyinchalik jinoyatni amalga oshirishga hamda uni yashirishga shart-sharoit yarata oladi, deb о‘ylaydi va buni xohlaydi.

Download 235 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling