Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari reja : kirish asosiy qism


Tamom bо‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash


Download 235 Kb.
bet14/18
Sana30.04.2023
Hajmi235 Kb.
#1415019
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
30 VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI

Tamom bо‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash

Sud tamom bо‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilgan holda jinoyatning og‘ir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi.
Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng kо‘p jazoning tо‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida:
a) о‘ta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan;
b) tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom bо‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek quyidagilar bilan:
javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam о‘ldirish bilan;
о‘n tо‘rt yoshga tо‘lmaganligi aybdorga ayon bо‘lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zо‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan;
yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurol yaratishda foydalanish mumkinligi ayon bо‘lgan materiallarni hamda uskunalarni kontrabanda qilish bilan bog‘liq bо‘lgan jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda qо‘llanilmaydi.
Tamom bо‘lmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har qaysi ishtirokchining shaxsiga tegishli bо‘lgan yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu ishtirokchining о‘ziga jazo tayinlashda hisobga olinadi (JK 58-moddasi).

  1. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash

Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash masalasi amaldagi О‘zR JKning 59-moddasida kо‘rsatilgan, unga kо‘ra shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bо‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bо‘lmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, sо‘ngra tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni tо‘la yoki qisman qо‘shish yо‘li bilan jinoyatlar majmui bо‘yicha jazo tayinlaydi.
Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir bо‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni tо‘la yoki qisman qо‘shish yо‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og‘iri uchun nazarda tutilgan eng kо‘p jazo muddatidan yoki meyoridan ortiq bо‘lmasligi lozim.
Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og‘ir yoki о‘ta og‘ir jinoyat bо‘lsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni tо‘la yoki qisman qо‘shish yо‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni tо‘la yoki qisman qо‘shish yoxud yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui bо‘yicha har xil turdagi jazolarni qо‘shish yо‘li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmui bо‘yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qо‘shimcha jazolarni ham qо‘shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qо‘shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng kо‘p muddatdan ortiq bо‘lmasligi lozim.
Agar ish bо‘yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bо‘yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo о‘sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui bо‘yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning о‘talgan qismi qо‘shiladi.


  1. Download 235 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling