Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari reja : kirish asosiy qism


Voyaga yetmaganlarga nisbatan qо‘llaniladigan jazolar tizimi va ularni tayinlash


Download 235 Kb.
bet2/18
Sana30.04.2023
Hajmi235 Kb.
#1415019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
30 VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI

2. Voyaga yetmaganlarga nisbatan qо‘llaniladigan jazolar tizimi va ularni tayinlash
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qо‘llaniladigan jazolar tizimi О‘zR JKning 81-moddasida kо‘rsatilgan bо‘lib, unga kо‘ra о‘n sakkiz yoshga tо‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qо‘llanilishi mumkin:
a) jarima;
b) axloq tuzatish ishlari;
v) qamoq;
g) ozodlikdan mahrum qilish.
Voyaga yetmaganlar uchun jazolar tizimiga faqat asosiy jazolar, ya’ni mustaqil ravishda tayinlanadigan, davlat tomonidan qabul qilinadigan majburlov asoslarini tashkil qiladigan, faoliyatning va jinoyat sodir etgan shaxsning salbiy baholanish darajasini ifodalaydigan hamda, axloq tuzatish-tarbiya ta’sirining boshqa choralari bilan bir qatorda, jazolash maqsadlariga ham erishish imkonini beradigan jazolarni qamrab oladi. Asosiy choralarni jazoning boshqa turlariga qо‘shimcha sifatida qо‘llab bо‘lmaydi.
JK 81-moddasi 2-qismiga muvofiq, о‘n sakkiz yoshga tо‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qо‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.
Jarima. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jarima jazosi JK 82-moddasiga kо‘ra, eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.
Voyaga yetmagan shaxs shaxs jarima tо‘lashdan olti oy muddat mobaynida bо‘yin tovlasa, sud tо‘lanmagan jarima miqdorini axloq tuzatish ishlari jazosi bilan almashtiradi. Bunda eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridagi jarima axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirib hisoblanadi.
Axloq tuzatish ishlari. Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan о‘z ish joyida о‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan о‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda о‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi (JK 83-m.).
Agar shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining о‘ndan bir qismidan kо‘prog‘ini о‘tashdan bо‘yin tovlasa, sud bu jazoning о‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini qamoqning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, qamoq jazosi bilan almashtiradi, ammo bu muddat uch oydan oshmasligi kerak.
Qamoq. Qamoq bir oydan uch oygacha muddatga tayinlanadi (JK 84-moddasi).
Ozodlikdan mahrum qilish. JK 85-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti oydan о‘n yilgacha muddatga tayinlanadi, Jinoyat kodeksi 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va tо‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida о‘n uch yoshdan о‘n olti yoshgacha bо‘lgan shaxslarga nisbatan:
b) og‘ir jinoyat uchun — olti yilgacha;
v) о‘ta og‘ir jinoyat uchun — о‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida о‘n olti yoshdan о‘n sakkiz yoshgacha bо‘lgan shaxslarga nisbatan:
b) og‘ir jinoyat uchun — yetti yilgacha;
v) о‘ta og‘ir jinoyat uchun — о‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.
Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bо‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.
Hukm chiqarish paytida о‘n sakkiz yoshga tо‘lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida о‘tash tayinlanadi.
Jazo tayinlash. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlash masalasi JKning 86-moddasida nazarda tutilgan, unga kо‘ra sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga ta’sirini hisobga oladi.
О‘n uch yoshdan о‘n olti yoshgacha bо‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng kо‘p muddati о‘n yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi о‘ta og‘ir jinoyat bо‘lsa, о‘n ikki yilgacha tayinlanadi.
О‘n olti yoshdan о‘n sakkiz yoshgacha bо‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — о‘n ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi о‘ta og‘ir jinoyat bо‘lsa, о‘n besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etish paytida о‘n uch yoshdan о‘n sakkiz yoshgacha bо‘lgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati о‘n besh yildan oshmasligi kerak.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud JKning 72-moddasida nazarda tutilgan asos va shartlar mavjud bо‘lsa, shartli jazo belgilashi mumkin.


  1. Download 235 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling