. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi
Jinoyat kodeksining 27-moddasiga kо‘ra, ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi.
Ishtirokchilik jinoiy faoliyatning alohida shakli bо‘lib, u majburiy obyektiv va subyektiv belgilar majmuiga ega deyish mumkin.
Obyektiv tomondan ishtirokchilikka quyidagi belgilar xos: 1) ikki va undan ortiq shaxslarning mavjudligi; 2) jinoiy qilmishda birgalikda ishtirok etish.
Jinoyatda birgalikda ishtirok etish quyidagilarni bildiradi: har bir ishtirokchining qilmishi boshqa ishtirokchilar qilmishini amalga oshirish uchun zaruriy shart hisoblanib, ular bir-birini tо‘ldiradilar; barcha ishtirokchilarning qilmishlari bajaruvchi sodir etayotgan jinoyat bilan sababiy bog‘lanishga ega bо‘lishi kerak; yuzaga kelgan jinoiy oqibat barcha ishtirokchilar uchun umumiy va yagona hisoblanadi.
Subyektiv tomondan ishtirokchilik: 1) qasddan sodir etilgan jinoyatning mavjudligi; 2) о‘zaro xabardorlik bilan ta’riflanadi.
Ishtirokchilikda subyektiv tomonning mavjud bо‘lishi uchun ishtirokchilarda umumiy qasd bо‘lishi kerak. U quyidagilarni о‘z ichiga oladi: 1) ishtirokchilarning har biri yoki ba’zilarining sodir etayotgan jinoyatlaridan о‘zaro xabardorligi; 2) har bir ishtirokchining boshqa ishtirokchilar bilan birgalikda jinoyat sodir etayotganligi yoxud jinoyat sodir etishda yordam berayotganligini tushunib yetishi; 3) umumiy jinoiy oqibatni xohlash yoki unga bila turib yо‘l qо‘yish.
2. Jinoyatda ishtirokchilik turlari
О‘zR Jinoyat kodeksining 28-moddasiga binoan, jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi.
[СПиТ:
1.Жиноят ҳуқуқи / Жиноятни бажарувчи]
Jinoyatni bevosita tо‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bо‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi.
[СПиТ:
Do'stlaringiz bilan baham: |