Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari reja : kirish asosiy qism
Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish
Download 235 Kb.
|
30 VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Kasb yoki xо‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik.
- СПиТ: 1.
6. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish
Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bо‘lsa, jinoyat deb topilmaydi. Jinoiyligi oldindan ayon bо‘lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. G‘ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bо‘lsagina, u javobgarlikka tortiladi (JK 40-m.). Shaxs qonuniy buyruqni ijro etayotib qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazsa, javobgarlikka tortilmaydi. Agar buyruqning jinoiyligi oldindan ayon bо‘lsa, ijro etuvchi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Qonuniy buyruqni ijro etish vaqtida shaxs uning doirasidan chetga chiqmasligi kerak. Ijro etuvchining buyruq bilan belgilangan chegaradan chetga chiqishi, agar bu Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan zarar yetkazishni keltirib chiqarsa, jinoiy javobgarlikka sabab bо‘ladi. Jinoyat kodeksida, agar shaxs о‘ziga yuklatilgan buyruq yoki farmoyishni noqonuniy bо‘lganligi uchun bajarmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi belgilangan. Buyruq ham shaklan, ham mazmunan noqonuniy bо‘lishi mumkin. Buyruqda uni chiqarishga haqli bо‘lgan shaxsning belgilangan rekvizitlarining bо‘lmasligi, imzo, muhr va boshqalarning yо‘qligi, uning shakli bо‘yicha noqonuniy ekanligini bildiradi. Buyruq qonun bilan qо‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga mos kelmasa, ya’ni mohiyatiga kо‘ra noqonuniy yoki jinoiy xususiyat kasb etsa, uning mazmuni noqonuniy ekanligini bildiradi. 7. Kasb yoki xо‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik. Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xо‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi. [СПиТ: 1.Жиноят ҳуқуқи / Асосли таваккалчилик] Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq kelgan, qо‘yilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji bо‘lmagan hamda shaxs huquqlar va qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni kо‘rgan bо‘lsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi. Kasb yoki xо‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilishda kо‘zlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bо‘lgan foydali natijadan kо‘proq bо‘lgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab bо‘lmaydi. Tavakkalchilik odamlarning halok bо‘lish xavfi, ekologiya halokati yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bо‘lsa, asosli deb topilmaydi (JK 41-m.). Quyidagi sharoitlar mavjud bо‘lganida tavakkalchilik asosli deb topiladi: 1) shaxsning sodir etadigan harakati amalga oshiriladigan о‘sha faoliyat sohasida erishgan bilim va malakasiga mos kelsa. Shaxs о‘z eksperimentiga, tajribasiga tayyorlana turib yoki kasb majburiyatini bajarayotib, insoniyatning ushbu sohada erishgan eng oxirgi yutuqlarga asoslanib harakat qilganida; 2) shaxsning о‘z oldiga qо‘ygan ijtimoiy foydali maqsadi tavakkalchilik harakatlari bilan bog‘liq bо‘lmasa, erishib bо‘lmasligida; 3) shaxs о‘z harakatlarini amalga oshirishdan oldin qonun bilan qо‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazishning oldini olish uchun barcha zarur choralarni kо‘rgan, shuningdek shaxs chora-tadbirlarni nazarda tutayotganida rо‘y berishi mumkin bо‘lgan muvaffaqiyatsizliklarni, ular rо‘y berganida eng kam zarar yetkazishini hisobga olganida; 4) kasb yoki xо‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilishda kо‘zlangan ijtimoiy natijaga erisha olmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bо‘lgan foydali natijadan kо‘proq bо‘lgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab bо‘lmaydi. Download 235 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling