Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari reja : kirish asosiy qism
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
Download 235 Kb.
|
30 VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI
4. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
О‘zR JK 26-moddasining 1-qismiga binoan, shaxs jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda tо‘xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda uning oldini olsa, bu hol jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Ushbu moddaning 2-qismiga kо‘ra, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyat kodeksi 26-moddasining 3-qismiga binoan, jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bо‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Qonunda berilgan mazkur ta’riflarga kо‘ra, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning quyidagi alomatlari (belgilari)ni ajratish mumkin: - shaxs tomonidan jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish harakatlarining yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarning tugatilishi yoxud jinoiy oqibat kelib chiqishining oldi olinishi; - jinoyat sodir etishning tamomila tugatilganligi; - ixtiyoriylik; - shaxs tomonidan jinoyatni tamomlash imkoniyatining anglanishi. Birinchi alomat muqobil xususiyatga ega bо‘lib, obyektiv tomondan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishdan iborat bо‘lgan, shaxs xulq-atvorining quyidagi turlarini о‘z ichiga oladi: a) jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish harakatlarining tо‘xtatilishi; b) jinoyat sodir etishga suiqasd qilishdan tо‘xtash, ya’ni muayyan tarkibli jinoyatning obyektiv tarafini tashkil qiluvchi jinoiy harakat (harakatsizlik)ni amalga oshirishdan voz kechish; v) jinoiy oqibat kelib chiqishining oldini olish. Dastlabki ikki holda jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni tan olish uchun shaxsning о‘zi sodir etishi kerak bо‘lgan harakatlarni tо‘xtatishining о‘zi kifoY. Uchinchi holda shaxs jinoiy xatti-harakati oqibatida yuzaga kelgan sababiy bog‘lanishni tugatish uchun faol harakatlarni amalga oshirishi hamda jinoiy oqibat kelib chiqishining oldini olishi shart. Bundan kelib chiqqan holda, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikki turini ajratish lozim. Birinchi tur jinoyat huquqi nazariyasida sust (passiv) deb belgilangan bо‘lib, shaxs tomonidan jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish yoxud shaxs jinoyatni nihoyasiga yetkazish imkoniyatini anglagan bо‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish harakatlarini tо‘xtatishdan iborat bо‘ladi. Ikkinchi tur faol (aktiv) bо‘lib, jinoyat sodir etilganidan sо‘ng shaxs jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan harakatlarni о‘z ichiga oladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikkinchi turi hali yuzaga kelmagan jinoiy oqibatning oldini olishga qaratilgan harakatdan iborat bо‘ladi. Bu jinoiy qilmish va yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan jinoiy oqibat orasidagi vaqt oralig‘ida uzilish bо‘lgan yoxud shaxs avval sodir etgan xatti-harakati (harakatsizligi) hamda kelib chiqishi mumkin bо‘lgan jinoiy oqibat orasidagi sababiy bog‘lanish rivojini kuzatayotgan hamda uning rivojiga ta’sir kо‘rsata olgan hollarda bо‘lishi mumkin. Jazoni о‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish: a) ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan yoki uncha og‘ir bо‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida tо‘rtdan bir qismi; b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi; v) о‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bо‘lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda о‘tab bо‘lganidan keyin qо‘llaniladi. JK 89-moddasi 4-qismiga binoan, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qо‘llanilgan shaxs jazoning о‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan JKning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi. XULOSA О‘zR JKning 90-moddasida belgilanishicha, о‘n sakkiz yoshga tо‘lguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning о‘talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish JK 90-moddaning birinchi qismida kо‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki о‘qishga halol munosabatda bо‘lib kelayotgan mahkumga nisbatan qо‘llanilishi mumkin. Jazoning о‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish: a) ijtimoiy xavfi katta bо‘lmagan yoki uncha og‘ir bо‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismi; b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida tо‘rtdan bir qismi; v) о‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bо‘lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini о‘tab bо‘linganidan keyin qо‘llanilishi mumkin. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning о‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining о‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi. Jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli qismi о‘tab bо‘linganidan keyin JKning 89-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qо‘llanilishi mumkin. Agar jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan voyaga yetmagan shaxs jazoning о‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, Jinoyat kodeksining 90-moddasi 6-qismida kо‘rsatilganidek, sud unga nisbatan JKning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi. Download 235 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling