Web sahifalar yaratishda kompyuter grafikasining roli


Front Page 2000 ning standart darchasi


Download 0.56 Mb.
bet2/8
Sana17.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1026649
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FRONT PAGE DASTURIDA ISHLASH

2. Front Page 2000 ning standart darchasi

Front Page 2000 ning standart darchasi − rasmda kо‘rsatilgan.



rasim. Front Page 2000 ilovasining tashqi kо‘rinishi


Yuqorida kо‘rsatilganidek MS Office darchasida ishlash uchun har hil vositalar keltirilgan.


Sistema menyusi tugmasi–Front Pagening tashrif kartochkasi darchaning chap yuqori burchagida joylashgan. Sistema menyusini ochish sistema menyusidagi click piktogrammasi orqali bajariladi.
Yonma–yon sarlavha satri joylashgan. Darchaning о‘ng yuqori burchagida uchta tugmalar uning ajralmas elementlari hisoblanadi va xizmatchi tugmalar deyiladi. Agar chapdan о‘ngga sanab chiqsak, bu tugmalar vazifalari quyidagicha:

  • birinchi tugma–burmoq–faol dasturni masalalar panelidagi tugmaga buradi.

  • ikkinchi tugma–tiklamoq–faol dasturni ekranning bir qismini yoki himoyasini egallashga majbur qiladi.

  • uchinchi tugma–yopmoq–darchani yopadi.

Sarlavha satri va instrumentlar paneli orasida Front Pagening bosh menyusi joylashgan. Menyu ikki paneldan tashqari Front Pagening buyruqlari va vazifalari bilan tanishishda diqqat bilan kuzatish obyekti hisoblanadi,[23; 98-110].
Menyu satri ostida va ekranning yuqori qismida asboblar paneli joylashgan Front Page 2000 juda kо‘p miqdordagi panellarga ega. Ularsiz dasturlar bilan ishlashda ancha qiyinchiliklarga duch kelinishi mumkin. Asboblar paneli sichqonchani oddiygina chiqillatish bilan Front Pagening eng kо‘p ishlatiladigan kо‘plab funksiyalariga kirish imkonini yaratadi. Tadqiqotchilar dasturlarga eng kо‘p foydalaniladigan va foydali funksiyalarni kiritdilar, vaholanki ular Web sahifalarni yaratishda juda zarurdir. Menyu va asboblar panelini о‘zlashtirishda qiyinchiliklar bо‘lmasligi kerak.
Asosiy ish maydoni harakatlanuvchi chegara (splitter) bilan ikki tengsiz qismga ajratilgan chapki qismi (Views) Front Page ish rejimini ishga tushirish tugmalariga ega. О‘ng qismi kо‘rsatilgan rejimda ishlash uchun mо‘ljallangan asosiy axborotni о‘z ichiga oladi. Sahifalarni loyihalash uchun indamaslik bо‘yicha Page rejimi о‘rnatilgan. Bu rejimda о‘ng qism foydalanuvchini yaratuvchi sahifaning о‘zida aks ettiradi.
Ishchi oraliqning о‘ng qismi loyihalajak sahifaning har xil rejimda aks etishini kо‘rsatib turuvchi uchta varaqdan iborat. Normal rejimi loyihalash rejimi uchun, HTML–HTML kodi sahifasini kо‘rib chiqish uchun, Preview esa uzoqdagi foydalanuvchi tomonidan yuklash paytida brauzerda aks etadigan loyixalajak sahifani kо‘rsatib turish uchun xizmat qiladi. Normal va preview sahifalari faqat matn va grafik tasvirlarga ega bо‘lgan oddiy sahifalar uchun bir xil bо‘ladi. Sahifalarga videolavhalar yoki sahifaning qandaydir faol elementlari joylashtirilgan taqdirda ular bir-biridan farqlanadi.
Microsoft Front Page darchasining eng pastki qismida status satri joylashgan. Foydalanuvchiga dastur tomonidan berilishi lozim bо‘lgan barcha xabarlar bu satrda xabar kо‘rinishida paydo bо‘ladi. Birinchi qarashda unda hech qanaqa muhim bir narsa yо‘qdek tuyuladi. Ammo status satrida aniq loyixalash uchun juda qiziqarli va zarur axborotlar mavjud. Qum soat tasvirli bо‘limda esa, muayyan aloqa tezligida joriy sahifaning yuklash vaqti kо‘rsatiladi. Indamaslik bо‘yicha 28.8 K bod tezligi ishlatiladi, lekin uni о‘zgartirish variantlari bor. Sichqonning istalgan tugmasi click va standart tezliklar–14.4; 28.8; 56.6 K bod rо‘yxatini chiqarib beradi. Standart tezliklardan tashqari har xil о‘tkazish qobiliyatli ajratib kо‘rsatilgan chiziqlar standartining ICDM? T1 âà T3 parametrlaridan kelib chiqqan holda, yuklash tezligining hisoblash imkoniyatlarini topish mumkin.
Umuman, Pront Page murakkabligi bilan farqlanmaydi, ishlash prinsipi odatdagi MS Wordga о‘xshaydi. Matn va jihozlash elementlari xoxish sahifalarida joylashadi, kiritilgan о‘zgarishlar uchun esa, obyekt ajratiladi va unga kerakli harakatlar qо‘llaniladi.




  1. Download 0.56 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling