Web sahifalar yaratishda kompyuter grafikasining roli


Front Pagening ish rejimlari


Download 0.56 Mb.
bet3/8
Sana17.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1026649
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FRONT PAGE DASTURIDA ISHLASH

Front Pagening ish rejimlari

Front Page da quyidagi ish rejimlari qо‘llaniladi:

  1. Page–loyihalash rejimi.

  2. Folders–sayt strukturasini aks ettirish rejimi.

  3. Reports–sayt tо‘g‘risidagi zaruriy axborotlarni aks ettirish rejimi.

  4. Navigation–sayt navigatsiyasi rejimi.

  5. Hyperlinks–ichki va tashqi aloqalar strukturasi rejimi.

  6. Task–topshiriq va masalalarni boshqarish rejimi.

Saytni yaratish Web–sahifani loyihalash bilan tamom bо‘lmaydi. Yuqorida aytilganidek, indamaslik bо‘yicha barcha parametr va zaruriy dizaynlar bilan Web–sahifa yaratiladigan Page loyihalash rejimi о‘rnatiladi. Sayt yaratishda saytning ichki strukturasini, tashqi va lokal giperbog‘lanish sxemasini, xaqiqiy navigatsiya sxemasini quvvatlashni va nazorat qilishni inobatga olish zarurdir. Bu barcha vazifalar Front Page tomonidan quvvatlab turiladi,[20;173-184].
Folders rejimi sayt strukturasini aks ettirish uchun mо‘ljallangan. Asos–papka strukturasini tо‘g‘ri yaratish, ulardan biriga grafik fayllar, boshqasiga fayl elementlar joylashadi. Ba’zi papkalar Web–sahifalarni tematik saqlash uchun ishlatiladi.
Folders о‘tish tugmasi bilan strukturaning aks ettirish rejimi ( − rasmda keltirilgan)



rasm. Folders ish rejimi.


Windows standart provodnigi sayt strukturasini aks etishiga о‘xshab ketadi. Chap qismi (Folder List)da yaratilajak sayt papkasining daraxtsimon strukturasi kо‘rsatiladi. О‘ng qismida esa papkalardan tashqari fayllar ham kо‘rsatiladi. Saytning daraxtsimon strukturasi Page rejimi (asosiy asboblar panelidagi Folder List tugmasi yoki View–Folder List)da ham kо‘rsatish mumkin. Folders rejimida sayt daraxtining aks etishi majburiy hisoblanadi. Shuning uchun yuqorida kо‘rsatilgan tugma va menyu komandasiga erishish qiyin.


Umuman, bu rejim informatsion rejim hisoblanib, unda fayl strukturasi tо‘g‘risida maksimal tо‘la axborot beriladi. Ishchi oraliqning asosiy qismi jadval kо‘rinishida qurilgan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling