Wimax texnologiyasi: Wimax maqsadi, vazifasi hamda imkoniyati


Download 225.23 Kb.
bet1/8
Sana19.12.2022
Hajmi225.23 Kb.
#1033394
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
akrom



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti Urganch filiali “Kompyuiter injinirigi”
fakulteti 961-19 guruh talabasi Matyaqubov Akrom
Tarmoq xavfsizligi fanidan

Mustaqil ish
Mavzu: WiMAX texnologiyasi


Urganch 2022

Mundareja:

1.Kirish
2. WiMAX texnologiyasi: WiMAX ning ishlash rejimlari.
3. WiMAX texnologiyasi: WiMAX maqsadi, vazifasi hamda imkoniyati.
4. WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari
5. WiMAX texnologiyasi
6. WiMax va WiFi
7.Xulosa
8.Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Hozirgi kunda deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohid internetga chqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda deyarli barcha foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo’lgan tarmoqqa ulanish usullarini biroz ko’rib chiqamiz. WiMAX (inglizchaWorldwide Interoperability for Microwave Access) — texnologiyasini rivoji hamda koʻtarilishi uchun 1999-yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan edi. Forumga NokiaHarris CorporationEnsemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur kompaniyalar qoʻshilishgan. 2005-yil may oyiga kelib ushbu forumda 230 dan ortiq qatnashchilarni birlashtirgan. Oʻsha yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society) tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qoʻygan.



  1. WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish (koʻpgina chekka hududlarda telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda).

  2. WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda kommunikatsion texnologiyalarga yoʻlni ochish.

WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat.

  1. WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga oʻrnatilishi mumkin).

  2. WiMAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori asosida).

Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oraligʻidagi bogʻlanish past chastotali diapason (2–11 GHz) orqali amalgam oshiriladi. Bunday bogʻlanish eng yaxshi sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda maʼlumot uzatishga imkon beradi va toʻgʻridan-toʻgʻri signal koʻrishni talab etmaydi[1].
Shuni yodda tutish lozimki, WiMAX texnologiyasi nafaqat „soʻnggi milya“, balki regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bogʻlashda bemalol qoʻllash mumkin.
Qoʻshni baza stansiyalari bilan OYCh (oʻta yuqori chastota 10–66 GHz) toʻgʻridan-toʻgʻri radioaloqa rejimida doimiy bogʻlanish oʻrnatiladi. Bunday bogʻlanishlar 120 Mb/s tezlikda maʼlumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining toʻgʻridan toʻgʻri koʻrish orqaligina bir biri bilan maʼlumot almashinishi bu WiMAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan bogʻlanishga orada toʻsiq boʻla olardi.
Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bogʻlanish orqali (T3 va shunga oʻxshash) provayder bilan doimiy bogʻlanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi asosida teng baza stansiyalariga taqsimlash mumkin.
IEEE 802.16 tarmogʻi strukturasi odatiy mobil aloqa tarmogʻiga oʻxshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 Km radiusda hizmat koʻrsata oladi.

Download 225.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling