Word matn muharriri, uning imkoniyatlari va hujjatlarni tahrirlash ko’nikmalarini hosil qilish Reja kirish mavzuni dolzarbligi, ishning maqsadi, vazifasi asosiy qism i-bob Microsoft word matn muharriri haqida


Download 1.82 Mb.
bet12/18
Sana24.07.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1662027
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Word matn muharriri

Zerkalnie polya yozuvi oldida  belgi qo`ysangiz, hujjatda sahifalar kitobdagi kabi bir- biriga aynan aks etadi g’ujjatning bir qismi uchun maydonlarni o`zgartirish kerak bo`lsa, o`sha saxifalarni belgilab (Buning uchun mazkur qism boshlangan joydan, klaviaturadagi Shift tugmachasini bosgan holda klaviaturadan pastga qaragan ko`rsatkich tugmachasini bosib, kerakli pozitsiyagacha olib borish zarur) Fayl menyusidagi Parametri stranitsi oynasining Polya qismida chegaralarni belgilash kerak. Primenit (Qo`llash) ro`yxatidan K videlennomu tekstu (Belgilangan matnga) parametrini tanlash lozim. Belgilangan betlardan oldin va keyin avtomatik tarzda bo`lim uzilish belgilari qo`yiladi. Agar hujjat bo`limlarga bo`lingan bo`lsa, kerakli bo`lim ustida sichqonni bir marta bosish kerak yoki bir nechta bo`limni belgilab, maydonlarni o`zgartirish kerak.

Har doim bir hil chegara qo`llasangiz, faoliyatingiz boshida bir marta chegaralarni o`rnatib, Po umolchaniyu piktogrammasini sichqoncha yordamida faollashtirib kuying. Keyingi hujjatlar yaratish jarayonida sahifa chegaralari o`zgarmasdan turadi (to o`zingiz o`zgartirish kiritmagungizgacha).


Yuqoridagi oynaning Razmer bumagi qismida qog`oz o`lchovi, uning yo`nalishi o`zgartiriladi.
A4 formatli (210x297mm) qog`ozdan (Siz kurs ishlari, referatlar, diplom ishlari uchun ishlatadigan qog`oz) ko`p foydalaniladi. Shu qog`ozning teng yarmi - A5 formatini, ikkitasi esa - A3 format demakdir. Qog`ozga to`g`ri va ko`ndalang xolatlarda narsa chop etish mumkin. Buni
Orientatsiya qismida aniqlab ketish zarur. Knijnaya - to`g`ri chop etishni, albomnaya – ko`ndalang chop etishni anglatadi. Yozuv mashinkasidan farqli o`laroq, kompyuterda bir necha xil shriftlar mavjud. Formatlash panelida joylashgan darchasi yonidagi uchburchakni bosib shriftlar ro`yxatini chiqaramiz, kerakli shriftni tanlab, uni faollashtiramiz. Mazkur darchaning yonida shriftlar o`lchovi darchasi joylashgan. Undan yuqoridagi usul bilan kerakli o`lchovni tanlab olib, so`ng alfavit turini tanlab olamiz. Guvoh bo`lganingizdek, klaviaturada ikki xil: kirill va lotin harflari mavjud. Kerakligini tanlab olish uchun ekranning quyida joylashgan masalalar panelidagi klaviatura indikatori ustiga sichqonchani olib borib, ruyxat ochiladi va hosil bo`lgan ro`yxatdan kerakli alfavit tanlab olinadi.
Nihoyat, hamma tayyorgarlik ishlari tugadi, ishchi maydon matnni terishga tayyor. Shu o`rinda matn nimalardan tashkil topadi, uning elementlari kaysilar kabi savollarga javob berib o`tamiz. Matn - simvol, so`z, qator, parcha, abzats(xat boshi), sahifa kabilardan tashkil topgan.
Simvol(belgi) – bu matnning eng kichik elementidir. U o`lchov, yozilish usuli (oddiy, qalin, yozma, chiziqli), rang, shrift, pozitsiya (yozilish o`rni) kabi hususiyatlarga ega. Simvollar ketma-ketligi boshqa ob’ektlarni tashkil etadi: so`z, parcha, abzats, matn sahifasi.
So`z – bu ikki tomondan ajratuvchi simvollar bilan (bo`sh simvol, nuqta, vergul va h.k.) chegaralangan simvollar ketma-ketligidir. Keltirilgan xususiyatlarga qo`shimcha: birinchi (oxirgi) simvol mavjudligi hamda simvollar soni cheklanganligi (so`z uzunligi).
Qator – shu nomli kod bilan tugagan simvollar ketma-ketligi. Qo`shimcha xususiyatlar: qator boshi va oxiri, matnda qator tartib raqami, qator uzunligi, qatorning chap va o`ng chegarasi mavjudligi.
Sahifa – bu sahifa kodi bilan tugallanuvchi qatorlar to`plami. Qo`shimcha xususiyatlari: sahifa tartib raqami, sahifadagi qatorlar soni. va, nihoyat, oxirgi global ob’ekt - matnning o`zidir. Qo`shimcha xususiyatlari: matn boshi va oxiri, matndagi qatorlar soni, matn varaqda joylanishi.
Hujjat tayyor bo`lgandan so`ng uni eslab qolish lozim. Buning uchun Fayl menyusidagi Soxranit kak buyrug`ini ishlatamiz:

Ekranda namoyon bo`lgan oynani tahlil etib chiqaylik. Papka darchasida hujjatni eslab qolish lozim bo`lgan jild yoki disk nomi turishi kerak. Rasmda Moi dokumenti (Mening hujjatlarim) jildi aks ettirilgan. Agar Siz maxsus jildga yozish uchun ro`yxatdan jildni almashtirmasangiz, kompyuter xamisha hujjatni Moi dokumenti jildiga saqlaydi. Hujjat disketaga saqlanishi talab etilsa, ro`yxatdan disk nomi tanlab olinadi (Disk 3,5 A). Imya fayla (fayl nomi) darchasida hujjatga nom beriladi. Uni kirill yoki lotin alifbosida berishingiz mumkin. Nom bir so`zdan, jumladan, gapdan, sondan iborat bo`lishi mumkin. Tip fayla(fayl turi) darchasida fayl turi tanladi, u doc, rtf, html fayl yoki Word muharririning oldingi versiyalarida saqlanishi mumkin. Barcha zarur ma’lumotlar kiritilgandan so`ng, Soxranit (Saqlash) tugmachasi bosiladi. Agar biror xatolik o`tib ketgan bo`lsa, Otmena (Bekor qilish) tugmachasi bosiladi.





Papka darchasidan keyin joylashgan piktogrammalar quyidagilarni bildiradi:

  • bir pog`ona yuqoriga o`tish, ya’ni jildning ichidan yuqori qatlamga chiqish.

  • «izbrannoe» («Tanlangan») jildini tanlash.

  • yangi jild yaratish.

  • jild va fayllarni ro`yxat ko`rinishida tasvirlash.

  • jild va fayllarni jadval ko`rinishida (hajmi, yaratilgan sanasi, vaqti va h.k.) tasvir etish,

  • jild va fayllarning xususiyatlarini aks ettirish.

  • buyruqlar va rejimlar piktogrammasi.

Dastur ishini tugatmasdan barcha ochilgan fayllarni yopish uchun, SHIFT tugmachasini bosib, Fayl menyusida Zakrit vse (Barchasini yopish) buyrug`ini faollashtirish kerak.
Hujjatni chop etishdan avval, u qog`ozda qanday joylanishini oldindan ko`rib qo`yish maqsadga muvofiq. Bunday imkoniyatni Predvaritelniy prosmotr ( Dastlabki ko`rish) buyrug`i yaratib beradi. Dastlabki ko`rish rejimiga ushbu piktogramma orqali ham kirish mumkin. Dastlabki ko`rishrejimidan chiqish uchun namoyon bo`lgan oynaning piktogrammalar qatorida Zakrit piktogrammasini ishlatish zarur.Hujjatni chop etish uchun Fayl menyusining Pechat buyrug`i faollashtiriladi. Natijada quyidagi oyna namoyon bo`ladi:

Agar mazkur hujjatning faqat ma’lum qismini (bir necha sahifani) chop etish zarur bo`lsa, mazkur sahifalarni Stranitsi (Sahifalar) qismida ko`rsatish kerak. Masalan, Nomera elementi tanlanganda chop etilishi lozim bo`lgan sahifa yoki bir nechta sahifaning raqamlari ko`rsatiladi.


Agar bir sahifaning ma’lum qismini chop etish lozim bo`lsa, kerakli qismni belgilab, yuqoridagi oynada Videlenniy fragment qatori oldidagi doiraga belgi qo`yiladi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling