X. G‘ulomova, T. G‘afforova ona tili darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr
Download 55.66 Kb. Pdf ko'rish
|
xrpt ue8e0pvbfefodgaicks9pi723gu8uzhf5ej4v663abgdhhmjs6i0ee17lk47abc5fmy3istit2m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharofat Yo‘Idosheva
1 X. G‘ULOMOVA, T. G‘AFFOROVA ONA TILI DARSLARI 1-SINF O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr «Tafakkur» nashriyoti Toshkent – 2012 Kitobxon.Com 2 Taqrizchilar: Sharofat Yo‘Idosheva – Nizomiy nomidagi TDPU dotsent, pedagogika fanlari nomzodi, Nazira Ahmedova – Respublika Ta’lim markazi boshlang‘ich ta’lim bo‘limi boshlig‘i M. Azizova – Toshkent shahar 298-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi © «Sharq» NMAK, 2003 © «Tafakkur» nashriyoti, 2012 Kitobxon.Com 3 SO‘ZBOSHI Davlatimizning «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda «Davlat ta’lim standartiga» asoslangan holda boshlang‘ich ta’lim davlat standarti ishlab chiqildi. Boshlang‘ich ta’lim standartida boshlang‘ich ta’limning tarkibiy tuzilishi, mazmuni, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi, o‘quv yuklamasiga qo‘yiladigan me’yoriy talablar belgilab berilgan. Unda boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining o‘qish malakasi sifatlarini va husnixat bilan savodli yozish ko‘nikmalarini egallashlari, ijodiy fikrlay olishlari, o‘z-o‘zini nazorat qila bilishlari, nutq madaniyatini o‘zlashtirishlarini ta’minlashi alohida qayd etilgan. Boshlang‘ich ta’limda ona tili predmeti bolani mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi, ularning tilning kommunikativ (aloqa-aralashuvga xizmat qilishi) vazifasini: o‘z fikrini mantiqiy izchillikda bayon qilish, o‘zgalar nutqini eshitish orqali anglay olishlariga xizmat qiladi. Mazkur metodik qo‘llanmada 1-sinf ona tili darslarining maqsad va vazifalari, ona tili darslari o‘quvchilar nutqini so‘zlar bilan boyitishga mas’ulligini hisobga olgan holda lug‘at ustida ishlash, o‘quvchilarning savodxonligini oshirishga qaratilgan imloviy mashqlar xususida metodik tavsiyalar berildi. Shuningdek, darsda o‘quvchilarning faolligini oshirishga, fikrlash orqali o‘zlashtirishlarini ta’minlashga e’tibor berilgan holda dars namunalari ishlab chiqildi. Ularda o‘quvchilarni to‘g‘ri talaffuzga, til ma’nolarini to‘g‘ri anglashlariga, ham og‘zaki, ham yozma nutqlarining savodli bo‘lishiga, matndan to‘g‘ri nusxa ko‘chirib yozish, eshitib va yoddan yozishga o‘rgatish; Vatanimizning istiqloldan keyingi taraqqiyoti, o‘tmishi, milliy urf-odatlari, tarixiy siymolari haqida bilim berish, umuman, borliq va jamiyat haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitish maqsad qilib olindi. Bularni amalga oshirishda ona tili ta’limining turli metodlaridan, metodik ish turlaridan foydalanildi. Ular o‘quvchini o‘ylashga, izlanishga, xulosalar chiqarishga undaydi, ona tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Mazkur metodik qo‘llanmada yangilik sifatida darslarning texnologik xaritalaridan namunalar berildi, ishlanmasi berilmagan darslar boshqa darslar tuzilishidan foydalanib uyushtiriladi. Ushbu metodik qo‘llanma yuzasidan bildirilgan fikrlarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qiladilar. Download 55.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling