X. G‘ulomova, T. G‘afforova ona tili darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr


Download 55.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi55.66 Kb.
#1566240
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xrpt ue8e0pvbfefodgaicks9pi723gu8uzhf5ej4v663abgdhhmjs6i0ee17lk47abc5fmy3istit2m



1
X. G‘ULOMOVA, T. G‘AFFOROVA
ONA TILI 
DARSLARI
1-SINF
O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma
To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr
«Tafakkur» nashriyoti
Toshkent – 2012
Kitobxon.Com


2
Taqrizchilar: 
Sharofat Yo‘Idosheva – Nizomiy nomidagi TDPU dotsent, pedagogika fanlari nomzodi, 
Nazira Ahmedova – Respublika Ta’lim markazi boshlang‘ich ta’lim bo‘limi boshlig‘i 
M. Azizova – Toshkent shahar 298-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
© «Sharq» NMAK, 2003 
© «Tafakkur» nashriyoti, 2012
Kitobxon.Com


3
SO‘ZBOSHI
Davlatimizning «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi» hamda «Davlat ta’lim standartiga» asoslangan holda boshlang‘ich 
ta’lim davlat standarti ishlab chiqildi. Boshlang‘ich ta’lim standartida 
boshlang‘ich ta’limning tarkibiy tuzilishi, mazmuni, o‘quvchilarning 
tayyorgarlik darajasi, o‘quv yuklamasiga qo‘yiladigan me’yoriy talablar 
belgilab berilgan. Unda boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining o‘qish malakasi 
sifatlarini va husnixat bilan savodli yozish ko‘nikmalarini egallashlari, 
ijodiy fikrlay olishlari, o‘z-o‘zini nazorat qila bilishlari, nutq madaniyatini 
o‘zlashtirishlarini ta’minlashi alohida qayd etilgan. Boshlang‘ich ta’limda 
ona tili predmeti bolani mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi, ularning tilning 
kommunikativ (aloqa-aralashuvga xizmat qilishi) vazifasini: o‘z fikrini 
mantiqiy izchillikda bayon qilish, o‘zgalar nutqini eshitish orqali anglay 
olishlariga xizmat qiladi.
Mazkur metodik qo‘llanmada 1-sinf ona tili darslarining maqsad va 
vazifalari, ona tili darslari o‘quvchilar nutqini so‘zlar bilan boyitishga 
mas’ulligini hisobga olgan holda lug‘at ustida ishlash, o‘quvchilarning 
savodxonligini oshirishga qaratilgan imloviy mashqlar xususida metodik 
tavsiyalar berildi. Shuningdek, darsda o‘quvchilarning faolligini oshirishga, 
fikrlash orqali o‘zlashtirishlarini ta’minlashga e’tibor berilgan holda dars 
namunalari ishlab chiqildi. Ularda o‘quvchilarni to‘g‘ri talaffuzga, til 
ma’nolarini to‘g‘ri anglashlariga, ham og‘zaki, ham yozma nutqlarining 
savodli bo‘lishiga, matndan to‘g‘ri nusxa ko‘chirib yozish, eshitib va 
yoddan yozishga o‘rgatish; Vatanimizning istiqloldan keyingi taraqqiyoti
o‘tmishi, milliy urf-odatlari, tarixiy siymolari haqida bilim berish, umuman, 
borliq va jamiyat haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitish maqsad qilib 
olindi. Bularni amalga oshirishda ona tili ta’limining turli metodlaridan, 
metodik ish turlaridan foydalanildi. Ular o‘quvchini o‘ylashga, izlanishga
xulosalar chiqarishga undaydi, ona tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.
Mazkur metodik qo‘llanmada yangilik sifatida darslarning texnologik 
xaritalaridan namunalar berildi, ishlanmasi berilmagan darslar boshqa 
darslar tuzilishidan foydalanib uyushtiriladi.
Ushbu metodik qo‘llanma yuzasidan bildirilgan fikrlarni mualliflar 
mamnuniyat bilan qabul qiladilar.

Download 55.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling