X. G‘ulomova, T. G‘afforova ona tili darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr
Download 55.66 Kb. Pdf ko'rish
|
xrpt ue8e0pvbfefodgaicks9pi723gu8uzhf5ej4v663abgdhhmjs6i0ee17lk47abc5fmy3istit2m
Kitobxon.Com
7 qildirish mumkin. Bunday ishlash o‘quvchilarda tilga sezgirlikni yuzaga keltiradi. 2. O‘quvchilarni so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish. O‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlarning bir ma’nosini tushunsa, boshqa ma’nosini bilmasliklari mumkin. Bolalar so‘zlarning hamma ma’nolarini birdaniga o‘zlashtirib ololmaydilar. Ularning ma’nosini o‘zlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 1-sinfda ko‘p ma’noli so‘zning bir- ikki ma’nosi bilan tanishsa, 2-, 3-, 4-sinflarda yana boshqa ma’nolarini bilib oladi. Tilning barcha sathlarini: fonetika, leksika, so‘z tarkibi, morfologiya, sintaksisni (boshlang‘ich sinfda bu bo‘limlar “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq” deb nomlanadi) o‘rganish jarayonida tasviriy ifodalar, iboralar, ma’nodosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarning ma’nolari turli ish turlari asosida tushuntirib boriladi. 1-sinf «Ona tili» darsligida qalbi olov birikmasi berilgan, uni yonayotgan olov birikmasi bilan taqqoslang. Qaysi biri o‘z ma’nosida qo‘llanyapti? (Yonayotgan olov). Qaysi birikma boshqa ma’noda qo‘llanyapti? (Qalbi olov). Yonayotgan olov birikmasi qanday ma’noni ifodalayapti? ... Biror ishni bajarishga ishtiyoqi, havasi kuchli, deb izoh beradilar. Ko‘rinadiki, taqqoslash usuli so‘z ma’nolarini izohlashda samarali usul sanaladi. Quloch otib, tanbeh yedi, ko‘zi o‘ynar, qalbi olov, til topishdi, rohatini totdi birikmalarining ma’nosi ustida ham shu tarzda ishlanadi. 1-sinf darsligida qizil yuzli bir pari, navqiron shahar, sen mehrning o‘chog‘i, sen oftobning uyisan, Bahor yam-yashil poyandoz yozdi, ko‘klam bog‘larga gul taqib chiqdi, karvon bo‘lib kelamiz, chehrasiga tabassum yugurdi, oq bulutni yetaklab ketdi kabi badiiy-tasviriy til vositalari ustida ishlash o‘quvchini zar bo‘lmish tilni o‘rnida qo‘llovchi zargar bo‘lishga undaydi. 3. O‘quvchilar tilida kam qo‘llanadigan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash. Adabiy tilga oid ba’zi so‘zlar o‘quvchilar nutqida kam qo‘llanadi. Bu so‘zning ma’nosini o‘quvchi yetarli darajada tushunmaydi. Uning o‘rnida oddiy so‘zlashuvga doir, boshqa tillardan kirgan yoki shevaga oid so‘zlarni qo‘llaydi. O‘qituvchi ularni kitobiy so‘zlar bilan almashtirish uchun nutqda qo‘llashga majbur etadigan vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirishi zarur. Masalan, jim - tinch - osuda - osoyishta; yurakdan - dildan; soat strelkasi - soat millari; garmdori - qalampir; minut - daqiqa; rayon - tuman kabi. So‘zlarning qo‘llanishini faollashtirish uchun yozma ishlar o‘tkazilayotganda ham ayrim so‘zlarni boshqasi bilan almashtirishga o‘quvchilar e’tibori qaratiladi. Masalan, 1-sinfda rasmlar asosida og‘zaki hikoya tuzayotgan o‘quvchilarning nutqi biri-biridan farqli bo‘lishi, biri Download 55.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling