X. G‘ulomova, T. G‘afforova ona tili darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr


Download 55.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi55.66 Kb.
#1566240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xrpt ue8e0pvbfefodgaicks9pi723gu8uzhf5ej4v663abgdhhmjs6i0ee17lk47abc5fmy3istit2m

Kitobxon.Com


6
ONA TILI DARSLARIDA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Boshlang‘ich sinflar o‘quv dasturida ona tili, o‘qish bolalarning 
lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini 
kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta’sirchanligini 
ta’minlashning muhim omilidir, deyiladi. Bu vazifalar grammatik 
mavzularni o‘rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus 
lug‘aviy-grammatik mashqlar orqali bajariladi.
Ona tili o‘qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan 
o‘rni,vazifasi bilan belgilanadi. Til aloqa vositasi – so‘zlovchi fikr-
mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali 
ro‘yobga chiqqan fikrni anglaydi.
Ona tili fani o‘quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish 
faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro‘yobga chiqar ekan, har 
bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning 
grammatik qonun-qoidalarini, ta’rifini o‘zlashtirishgina emas, balki ona 
tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilishdir, ya’ni fikrini 
og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. 
Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug‘at ustida ishlashga alohida 
e’tibor qaratish lozim. Lug‘at ishida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va 
imlosi e’tiborda tutiladi. Lug‘at ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj 
sezilgan paytda o‘quvchilarning nutqda foydalanishlariga erishish
o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi 
ona tili darsligida qo‘llangan har bir so‘zning, ta’limiy jarayonlarda: 
dars, ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so‘zlarning 
ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni 
taqozo etishini belgilab olishi kerak. Tilning lug‘at boyligini o‘quvchilar 
tomonidan o‘zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so‘zlarning quyidagi 
ma’nolari bilan tanishtiriladi:
1. O‘quvchilarni notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish.
O‘quvchilar darslikdagi so‘z va iboralarga birinchi marta duch 
kelayotgan bo‘lishi mumkin. Bu so‘z yangi paydo bo‘lgan so‘z bo‘lmasa 
ham, o‘quvchi uning ma’nosini bilmaydi, demak, o‘quvchi uchun yangi so‘z 
hisoblanadi. Masalan, 1-sinf «Ona tili» darsligida darparda (eshikparda), 
mag‘rur (g‘ururli), xaroba (vayrona), kamol (kamol topmoq – o‘smoq, 
rivojlanmoq), komil (yetuk), sarkarda (qo‘mondon), ziynat (ko‘rk, husn), 
qasr (hashamatli saroy) kabi so‘zlarga duch keladilar. Bunday so‘zlarning 
ma’nosini sinonimlar keltirish yo‘li bilan, qarshi ma’noli so‘zlar bilan izoh 
berish, gap tuzish orqali ma’nosini ochish, rasmlar orqali tushuncha hosil 

Download 55.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling