X. G‘ulomova, T. G‘afforova ona tili darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr


Download 55.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi55.66 Kb.
#1566240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xrpt ue8e0pvbfefodgaicks9pi723gu8uzhf5ej4v663abgdhhmjs6i0ee17lk47abc5fmy3istit2m

Kitobxon.Com


8
ikkinchisining so‘zini qaytarmasligi talab qilinadi. Masalan, shirinsuxan 
so‘zi o‘rnida shirinso‘z, tanbeh berdi – dashnom berdi, zilol suv – tiniq 
suv, kichik – mo‘jaz, tik – adl, nafis – nozik, ishbilarmon – ishning ko‘zini 
biladigan kabi. Bu o‘quvchilarni keyingi sinflarda yozma bayon yozishga 
tayyorlaydi, ya’ni so‘zlarni boshqasi bilan almashtirishga, kitobiy so‘zlar 
tanlashga e’tibor berishga o‘rgatadi.
Darsliklarda bola hissiyotiga ta’sir qiluvchi ko‘chma ma’nodagi badiiy 
ifodalar ko‘p qo‘llangan, ular ustida maqsadga muvofiq ishlash o‘quvchi 
nutqini jozibador qiladi, ularning nutqini adabiy tilga yaqinlashtiradi.
4. Yangi paydo bo‘lgan so‘z ma’nolari ustida ishlash. Bunday so‘zlar 
darslikda kam qo‘llanadi. Bunday so‘zlarning bolalar hayoti bilan bog‘liq 
bo‘lganlarini ajratib olib, «Bilib qo‘ygan yaxshi» rubrikasi ostida ishlansa
o‘quvchining nutqi zamon bilan baravar rivojlanib boradi.
5. Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish. Grammatik atama-
ning avvalo to‘g‘ri talaffuzi, imlosi o‘rgatiladi. Shundan so‘ng misollar 
asosida uning mazmuni ochiladi. Qoidani o‘qitish va mashqlar bajarish 
orqali atama ma’nosini to‘laqonli anglashlariga erishiladi.
Lug‘at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi:
1. So‘z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko‘chma 
ma’noli so‘z va iboralar, paronim so‘zlar, shakli bir xil so‘zlarning ma’nosi, 
imlosi, talaffuzini izohlashda qo‘llaniladi: urish – urush: ikki kishining 
janjallashib qolishi – urish; ukki xalq, ikki davlat orasidagi jang – urush
Bu so‘zlarning talaffuzi ham ikki xil.
2. So‘zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, ma’nosini va 
talaffuzini o‘rgatish. Bu usul o‘zakdosh so‘zlarni o‘rganish jarayonida
ko‘m-ko‘k, oppoq, qip-qizil sifatlarining (qizil, oq, ko‘k) ma’no nozikliklari, 
imlosi, talaffuzini o‘rgatishda qo‘llaniladi. Masalan: gul, guldon, gulchi, 
gulzor, gulli, gulsiz, gulla so‘zlarining tarkibini kuzatadilar. Bu so‘zlar 
ma’nosidagi farqni izohlaydilar va tilning yangi so‘zlar hisobiga boyib 
borishini anglay boshlaydilar. Shunday o‘rinda o‘qituvchi so‘zlarni o‘z 
so‘ziga aylantirish orqali aniq fikr yuritishga o‘rganish o‘quvchining 
burchi ekanini aytishi lozim.
Kuzatish usuli shakllari o‘zgarayotgan so‘zlarning imlosini o‘rgatishda 
ham qo‘llaniladi: og‘iz + im – og‘zim, singil + im – singlim, u + ga – 
unga.
3. So‘zlarni belgilariga ko‘ra guruhlash usuli. Guruhlash – aqliy 
faoliyat usuli bo‘lib, u ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning so‘z 
boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul so‘zlarni anglatayotgan ma’nosi, 
turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkonini beradi. 
Guruhlash, kuzatish va taqqoslash usuli bilan bog‘liq. So‘zlarni guruhlash 

Download 55.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling