X. G‘ulomova, T. G‘afforova ona tili darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr


Download 55.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi55.66 Kb.
#1566240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xrpt ue8e0pvbfefodgaicks9pi723gu8uzhf5ej4v663abgdhhmjs6i0ee17lk47abc5fmy3istit2m

Kitobxon.Com


5
Bolalar yozuvchi va shoirlar ijodidan namunalar tanlashda ham 
matnning soddaligiga, yengil hajv bilan yozilganiga, matnlarda bola uchun 
yangi so‘zlar bo‘lishiga, ular ustida rasmlar asosida ishlashga e’tibor 
qaratildi. Masalan, o‘quvchi qush so‘zini yoki kundalik hayotida har kuni 
ko‘rib turgan qushlar nomini biladi, lekin son-sanoqsiz qushlar nomini 
va ularning o‘zini asta-sekin taniy borishiga e’tibor berilmas edi. Biz shu 
narsaga alohida diqqat qaratdik.
Birinchi sinf Ona tili darslarida asosan quyidagi dars turlaridan 
foydalaniladi:
1. Yangi bilimlar o‘rganiladigan darslar.
2. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash 
darslari.
3. Umumlashtiruvchi darslar.
4. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish darslari. Biz quyida ba’zi 
darslar namunasini keltiramiz. Lekin bu o‘sha mazmundagi darslarni
o‘tishning yagona andozasi emas.
O‘qituvchilar o‘z tajribalari asosida darslarni yanada samaraliroq 
tashkil etishlari mumkin. Lekin barcha darslarda ham quyidagi qismlar 
bo‘lmog‘i lozim (tekshirish darslaridan tashqari):
1. O‘quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
2. O‘quvchilarning o‘tgan darsni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, uy 
vazifalarini tekshirish.
3. O‘quvchilarning yozuv malakalarini takomillashtirish ustida 
ishlash. Husnixat mashqlari.
4. Mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazib, bilimlarni mustah-
kamlash.
5. Quvnoq daqiqa.
6. Dars mavzusi va maqsadini e’lon qilish. Uni tushuntirish.
7. Lug‘at ishi.
8. Mashqlar orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash.
9. Didaktik o‘yinlardan foydalanish orqali o‘quvchilar bilimini 
mustahkamlash va o‘qish malakalarini o‘stirish.
10. Uyga vazifa berish va uni bajarish yo‘llarini tushuntirish.
11. Darsda o‘rganilganlarni umumlashtirish va darsni yakunlash.
Darsning bu qismlari dars turlariga qarab turlicha metod va usullarda 
tashkil qilinadi.

Download 55.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling