X. G‘ulomova, T. G‘afforova ona tili darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr


Download 55.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi55.66 Kb.
#1566240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xrpt ue8e0pvbfefodgaicks9pi723gu8uzhf5ej4v663abgdhhmjs6i0ee17lk47abc5fmy3istit2m

Kitobxon.Com


9
uchun avvalo ular kuzatiladi, so‘ng taqqoslanadi. Bu jarayonda ularning 
o‘xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Masalan, qavm-qarindoshlik 
bo‘yicha guruhlash:
1. Ota urug‘i: ota, amaki, amma, dada, bobo, buvi, buva.
2. Ona urug‘i: ona, xola, tog‘a, oyi, bobo, buva, buvi. 
Sifatlarda: a) xususiyat bildiruvchi sifat: sho‘x, og‘ir, bosiq, aqlli, 
aqlsiz, hayoli, hissiz, andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar 
va hokazo; b) ta’m bildiruvchi sifat: shirin, achchiq, nordon, taxir, sho‘r, 
mazali, bemaza, chuchmal va h.
Guruhlash musobaqa tarzida uyushtirilishi mumkin.
Ma’lum bir guruhdagi so‘zlar ro‘yxatini tuzish ishini alfavit asosida 
yozdirish ham mumkin.
1. Bolalar o‘yinlari nomining lug‘atini tuzing.
2. O‘zingiz bilgan she’r nomlari ro‘yxatini tuzing.
3. Ertak nomlari ro‘yxatini tuzing.
4. Joy nomlari ro‘yxatini tuzing.
5. Ohangdosh so‘zlar ro‘yxatini tuzing.
6. Ma’nodosh so‘zlar ro‘yxatini tuzing.
Bular o‘rganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bog‘liq holda 
tashkil etiladi.
So‘zlarning izohli lug‘atini sinf va maktab miqyosida tuzib
ko‘rgazmali qilib osib, umumiste’molga kiritish mumkin. Ona tili darsligi 
oxirida lug‘atcha berilgan. Bu lug‘atchadan o‘quvchilar asosan so‘zning 
imlosini o‘rganib oladilar. Lug‘atdan foydalanish yo‘1-yo‘riqlarini 
o‘zlashtiradilar.
1-SINFDA O‘TKAZILADIGAN IMLOVIY MASHQLAR
O‘quvchilarning imloviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish 
maqsadida 1-sinfdanoq yozma ish turlaridan foydalaniladi.
Yozma ishning dastlabki shakli namunadan ko‘chirib yozishdir. 
O‘quvchilar darslikdan va doskadan so‘z, gap va matnni ko‘chirib yozadilar. 
Yozganlarini asliga qarab tekshiradilar, xatolarini to‘g‘rilaydilar. Oddiy 
ko‘chirib yozuvdan asta-sekin grammatik topshiriqli ko‘chirib yozuvga 
o‘tiladi.
O‘quvchilar grammatik topshiriqni bajarish jarayonida imlo yuzasidan 
umumlashma fikrlarga keladilar. Masalan, ikki bo‘g‘inli so‘zlarning ikkala 
bo‘g‘inida u kelsa, 2-bo‘g‘indagi u tovushi i tarzida talaffuz qilinadi, lekin 

Download 55.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling