10
Shuning uchun imloviy mashqlarni ko‘chirib yozish,
grammatik-
imloviy tahlil, lug‘aviy-grammatik tahlil, diktant, bayon kiritildi.
Barcha imloviy mashqlarda o‘quvchilar bilan so‘zning tarkibini
tahlil qilishga, ma’nosini
izohlashga, to‘g‘ri talaffuzi ustida ishlashga, til
materialini husnixat bilan yozishlariga alohida e’tibor qaratish zarur.
1-sinfda diktantning ikki turi o‘tkaziladi:
1. Ta’limiy diktant.
2. Tekshiruv diktanti.
Ta’limiy diktantlar bilim beruvchi xarakterda bo‘ladi. Shuning uchun
diktantning bu turi darsning biror qismida o‘tkazilaveradi. Ta’limiy
diktantning quyidagi turlari mavjud bo‘lib,
undan bolalarga mos tarzda
foydalanish mumkin:
1) lug‘at diktant;
2) saylanma diktant;
3) ko‘rsatuv diktanti;
4)
rasm diktant;
5) o‘z diktant yoki yoddan yozuv diktanti;
6) ijodiy diktant;
7) eshituv diktanti.
1-sinfda
lug‘aviy diktant imlo qoidalarisiz, ya’ni imlo qoidalari
o‘rganilmasa ham o‘tkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchilar
matndagi qaysi
so‘zlarni xato yozib qo‘yishlari mumkin deb o‘ylasa, shu so‘zga o‘quvchi
diqqatini tortadi, ular bilan birga tahlil qiladi, aytilishi bilan yozilishini
taqqoslaydi, farqli o‘rinlarini aniqlaydi. Keyingi
darsda shu tahlil qilingan
so‘zlarning 3-4 tasini tanlab, diktovka bilan yozdiriladi. O‘quvchilar
yozganlarini xattaxtadan yoki lug‘atchadan (o‘qituvchi tuzib qo‘ygan)
tekshiradilar.
1-sinfda eng ko‘p o‘tkaziladigan diktantlardan biri
saylanma
diktantdir. Bu diktant o‘quvchini
fikrlashga, o‘ylashga majbur etadi,
ziyrak bo‘lishga o‘rgatadi. Saylanma diktant o‘zlashtirgan bilimlarni
aniqlash maqsadida ham o‘tkaziladi. Masalan, so‘zlar
ichidan shaxs va
narsani bildirgan so‘zlarni tanlab yozish va hokazo topshiriqlar asosida
o‘tkaziladi. Tanlab olib yoziladigan so‘zlarning ham xato yozib qo‘yishlari
mumkin bo‘lgan holatlarini tanlashga, bolalarga mos bo‘lishiga e’tibor
beriladi.
O‘quvchilar yozib bo‘lgach, suhbat yo‘li bilan
tanlab olib yozilgan til
hodisalari (so‘zlar) tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: