X. G‘ulomova, T. G‘afforova ona tili darslari 1-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr
Download 55.66 Kb. Pdf ko'rish
|
xrpt ue8e0pvbfefodgaicks9pi723gu8uzhf5ej4v663abgdhhmjs6i0ee17lk47abc5fmy3istit2m
Kitobxon.Com
4 ONA TILI DARSLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI Birinchi sinfda ona tilini o‘qitish o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish (ya’ni to‘g‘ri o‘qish va yozish) ga, fonetika, leksika, so‘z yasalishi va grammatikaga oid bilimlarni o‘rganish uchun zamin yaratishga xizmat qilmog‘i lozim. Ona tili darslarida o‘quvchilar “Tovushlar va harflar”, “Bo‘g‘in”, “So‘z ma’nosi”, (“Shaxs va narsani bildirgan so‘zlar”, “Belgini bildirgan so‘zlar”, “Harakatni bildirgan so‘zlar”, “Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlar”), “Nutq va gap” kabi bo‘limlar asosida tilga oid elementar bilimlarni egallaydilar. Bunda asosan grammatik tushunchalarni amaliy o‘rgatishga e’tibor qaratilgan. O‘quvchi mashq matnini o‘qish va yozish jarayonida grammatik tushuncha va qoidalarni amaliy bajarib boradi va keyingi sinflarda bu qoida va tushunchalarni nazariy o‘rganishga zamin yaratadi. Asosiy diqqat bolaning nutqi va lug‘at boyligini o‘stirish, imlo savodxonligini tarkib toptirish, ya’ni to‘g‘ri o‘qish va yozish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratiladi. Shuningdek, ona tili darslarida o‘quvchilarning chiroyli yozuviga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki birinchi sinfdan boshlaboq o‘quvchilarning chiroyli yozuviga e’tibor qilinsa, yuqori sinflarda va hayoti davomida inson did bilan chiroyli yozish malakasiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratildi. So‘z tuzish, uning ma’nosini izohlash, yozilishini bilib olish, test topshiriqlarini bajarish shular jumlasidandir. Darslikda o‘quvchilarning til materiallarini oson o‘zlashtirishlarini, grammatik tahlilni sodda, aniq yo‘llar bilan amalga oshirishlari uchun turli jadvallardan foydalanildi. Mashq shartlarida o‘quvchini fikrlashga, mulohaza yuritishga undovchi, taqqoslash va kuzatishga asoslangan holda xulosa chiqarishga yo‘llovchi, tahlilni muayyan izchillikda amalga oshirishni ta’minlovchi topshiriqlar berildi. Darslikning o‘ziga xos tomoni yana shundaki, har bir yirik mavzudan so‘ng bilimlarni umumlashtiruvchi dars kiritildi. Bu dars uchun savol va topshiriqlar tizimi ishlab chiqildi. Bular o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilimlar hajmini belgilashga, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini o‘zlashtirish darajalarini aniqlash va tekshirishga yordam beradi. Download 55.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling