X-mavzu: qovurmani tayyorlash reja


Yanchilmaga issiqlik va namlik bilan ishlov berish


Download 82.34 Kb.
bet2/10
Sana01.05.2023
Hajmi82.34 Kb.
#1419192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
X

1.1.Yanchilmaga issiqlik va namlik bilan ishlov berish. Yanchilgan mag’z tarkibida moy, mag’zning butun sirtiga yupqa plyonka qavat hosil qilib, molekulalarning o’zaro ta‘sir kuchi ta‘sirida mag’zga bog’langan bo’ladi, bu kuchning kattaligi moyni ajratishda qullaniladigan presslash qurilmalari hosil qiladigan bosim kuchlaridan ham bir necha marotiba katta. Mana shu mag’z sirtidagi moyni mag’z tarkibidagi molekulalar bilan bog’liqlik kuchini kamaytirish, moy bo’lmagan moddalardan moyni ajratish uchun moy olish texnologiyasida yanchilgan mag’zni- yanchilmani namlik va issiqlik bilan ishlov berish jarayonini qovurish qullaniladi. Yanchilmani ma‘lum bir vaqt ichida namlik va issiqlik bilan aralashtirib turib, uning namligi va haroratini belgilangan miqdorga yetkazganda yanchilmaning va uning tarkibidagi moyning fizik-kimyoviy xususiyatlari uzgaradi va bu moyni presslash usulida oson ajralishi ta‘minlanadi.
Namlik va issiqlik bilan yanchilmaga ishlov berish jarayoni deb ataluvchi maxsus qurilmalarda amalga oshiriladi. Yanchilmaga namlik va issiqlik bilan ishlov berganda uning stukturasi, rangi va kimyoviy tarkibi uzgarib yangi bir mahsulot - mezga hosil bo’ladi.
Qovurishdan maqsad - mag’z tarkibidagi boshqa moddalardan moyning eng yaxshi ajralib chiqishini va mezga zarrachalarining zichlashib kunjaraga aylanadigan tovar strukturasini hosil qilishdir, bundan tashqari qovurish vaqtida paxta chigiti tarkibidagi gossipol moddasi aktiv holatidan passiv holatiga utadi.
Namlik va issiqlik bilan ishlov berish jarayoni presslash va ekstraktsiyalash usulida moy olishda muhim texnologik bosqich bo’lib u olinadigan oxirgi mahsulotlarning ya‘ni moy, kunjara va shrotning miqdori va sifatiga ta‘sir etadi.
Moyli xom ashyolardan tug’ridan-tug’ri ekstraktsiyalash usulida moy olishda namlik va issiqlik bilan yanchilmani ishlashdan maqsad - yaproq hosil quluvchi valtsovkalarda yupqa, govakdor va chidamli plastik material hosil qilib ekstraktsiyalash jarayonini bir tekis borishni ta‘minlash.
Press-ekstraktsiya usulida moy olishda yanchilmaga namlik va issiqlik bilan ishlov berishdan maqsad:
-presslab moy olishda optimal sharoit yaratish;
-kunjara strukturasi hosil bo’lishi uchun optimal plastik material hosil qilish;
-hosil bo’lgan mezga presslashda ma‘lum bir karshilik hosil qilish xususiyatga ega bo’ladi;
-moyning qovushoqligini kamayishi natijasida oquvchanligi ortadi;
-yanchilma tarkibidagi fermentlar aktivligini yuqotadi.

Download 82.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling