X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
Ekinni parvarish qilish.
Jo„xorini parvarish qilish tuproq qatqaloglga qarshi kurashish, qator oralarini ishlash, yaganalash, 145 oziqlantirish va sug„orishdan iborat. Urug„ unib chiqqunga qadar va unib chiqqan davrda tuproq qatqalog„ini yumshatish va begona o„tlami yo„qotish uchun yengil borona yoki rotatsion motiga bilan ishlanadi. Jo„xori maysalari dastlabki 30-35 kun ichida juda sekin o„sadi va qator oralarini o„t bosib ketadi. Shuning uchun maysalar to 1 la paydo bo'lgandan so„ng tez orada qator oralarini ishlash va begona o„tlarni yo„qotishga kirishish kerak. 0„sish davrida jo„xori 2-3 marta kultivatsiya qilinadi. 0„sim- likda 0 „rtacha 4-5 ta barg hosil bo„lganda birinchi kultivatsiya o„tka- ziladi, so„ngra yagana qilinadi. Uyalar atrofidagi begona o„tlar yulib tashlanadi va xato (bo„sh) uyalarga qo„shimcha urug 1 ekiladi. 12-rasm. 1-Jo„xori 13-rasm. 2-pishish davri. ro„vaklari, Jo„xorini mollarga ko„kligicha yedirish yoki pichan qilish uchun yoppasiga qalin qilib ekilgan bo„lsa yagana qilinmaydi. Birinchi kultivatsiya qilingandan 10-15 kun o„tgach, ikkinchi va yana 10-15 kun 0 „tgach, uchinchi kultivatsiya qilinadi. 146 Birinchn sug„orishgacha boigan davrda jo'xorining qator oralari 5- 6 sm chuqurlikda ishlanadi. Keyingi ishlovlarda kultiva- torning chetki panjalari yerni 6-8 sm, o'rtadagi panjalari esa 10-12 sm chuqurlikda yumshatiladigan qilib o„rnatiladi. Bu ishlovlarda 10 sm dan himoya zonasi qoldiriladi. 0„simlik qator oralari g„o„za va makkajo'xoriga ishlatiladigan KRN-4,2, NKU-4,6, KRX-4, KRN-2,8A rusumli kultivatorlar bilan ishlanadi. Qator oralarini ishlashda bir yo„la kultivatorga o'matilgan SUZ rusumli o„g„itlagich yordamida o„simlik oziqlantiriladi. Begona o„tlar 2,4D gerbitsidi bilan yo„qotiladi. Jo'xorining kechpishar navlari o'sish davrida 5-6 marta sug„oriladi. Birinchi suv maysa paydo bo'lgandan so„ng 25-30 kun o„tgach, beriladi. Keyingi suvlar esa har 17-20 kunda berib turiladi. Jo„xorining tez o'sish va ro'vak hosil qilish davrlarida suvga talabchanligi ortadi. Shu davrda uni tez-tez sug„orib turish kerak. Erta va o„rtapishar navlar 3-4 marta sug„oriladi. Sug'orish miqdori ro'vak chiqarguncha bo„lgan davrlarda 600-800 m 3 , keyinchalik esa 800-1000 nr bo'lishi kerak. Jo'xori ko'kligicha molga yedirish uchun ekilgan bo'lsa, uni o„rib olingandan so„ng gektariga 60-90 kg azot berilib, so„ngra sug'oriladi. Buning natijasida jo„xorining qayta o„sishi tezlashadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling