X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
Urug'ning unib chiqishi
. Urug'lar bir murtakli ildizcha bilan unib chiqadi, o'sib chiqqandan boshlab to 3-4 ta barg hosil bo'lgunga qadar u jadal shoxlanadi, bunda ildiz tuklari bilan qoplangan katta rniqdordagi yon ildizchalar hosil bo'ladi. Murtak ildizcha haqiqiy ildizlar paydo bo'lguncha tuproqdan suv va oziq unsurlarini shimib olib, o'simlik hayotining oxirigacha saqlanadi. Unib chiqqandan 4-8 kundan keyin tuplanish bo'g'ini shakllanadi va ikkilamchi ildizlar hosil bo'lishi sodir bo'ladi, tashqi ko'rinishi jihatidan murtak ildizchaga o'xshaydi. Poyaning yer osti qismining pastki bo'g'inlaridan havo ildizlari yoki tayanch ildizlari paydo bo'lib o'simlikning mustahkamligini ta‟minlaydi va qo'shimcha oziqlanish manbasi bo'lib xizmat qiladi. Jo'xori ildizlari 180-190 sm chuqurlikkacha kirib boradi, ildizlaming yarmidan ko'p massasi 0-20 sm li qatlamida joylashgan. Tezpishar navlarida 5-10 ta bo'g'in oraliqlari mavjud, kechpisharlari 20- 25 ularning uzunligi poyaning pastki qismida 1-2 sm, yuqori qismida esa 40 sm gacha bo'ladi. Jo'xorining muhim biologik xususiyatlaridan biri bu uni o'rgandan keyin yana o'sishidir-bunda poyaning kurtaklaridan va kesilgan joyining uyqudagi tuplanish bo'g'inchasining kurtaklaridan va poyaning o'rilganda o'rmasdan ketsa, o'sish nuqtalaridan va yangi paydo bo'lgan novdalardan yana o'sadi. 141 Ro„vak to„la shakllanganda gullash 8-12 kun davom etadi, ba‟zi bir navlarda esa 16 kungacha davom etishi mumkin. Gullash ertalab havo harorati 16-18 °C, havoning nisbiy namligi 60-80% bo„iganda sodir bo„ladi, Har bir gulning gullash davomiyligi 1-2 soat. Pishgan changdoniari yoriladi va changlar havo oqimi bilan butun dalaga tarqaladi, bunda u onalikning og„izchalariga tushib o„sadi va bo„g„inchaga kirib boradi, u yerda urug„lanish jarayoni sodir bo„ladi. Jo„xori fakultativ o„z-o„zini changlatuvchi, ya‟ni chetdan changlanish qobiliyati ham bor, lekin unda o„z-o„zini changlantirish ustunlik qiladi. Tashqi muhit omillariga munosabati Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling