X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
Organogenez bosqichlari.
Sholida 11 ta bosqich farqlanadi. Birinchi bosqich - o„suv konusi hali tabaqalashmagan, murtak- da 3 ta birinchi barglar joylashgan, tashqi barg koleoptile va keyingi barg shapalogisiz. Uchinchi barg - murtak bargi shapalogi bilan. Bu bosqich unish va maysalanishning boshlanishi bilan to„g„ri keladi. Ikkinchi bosqich - murtak poya tabaqalashadi va barg qini hosil boiadi, barg hosil boiishi tugay boshlaydi, ikkilamchi ildizlar 152 paydo boia boshlaydi. Bu bosqich tuplanish davri bilan maysalanish davrlari o„rtasida o„rin egallaydi. Uchinchi bosqich - o„suv konusi tabaqalashadi, Ro'vaknirig bo'glnlari hosil bo„la boshlaydi, birinchi tartibli o„qlari o„rin ola boshlaydi, bu bosqich qanchalik uzoq davom etsa, ro'vak shuncha - lik mahsuldor boiadi. Bu bosqich tuplanish davrida o„tadi. To„rtinchi bosqich - bunda birinchi, ikkinchi va keyingi tartib- dagi shoxchalaming o'sishi sodir boiadi, boshoqchalaming o'sim- tali o„rinlari paydo boiadi va alohida boshoqchalar paydo boia boshlaydi. Bosqichning oxiriga kelib ro„vak 1 sm gacha yetadi. Bu bosqich tuplanish davrning oxiriga mos keladi. Beshinchi bosqich - boshoqchalaming tabaqalanishi, boshoqchalar va gul tangachasimon parda hamda lodikulalar barpo qilish bilan birga generativ organlari rivojlanadi. Bu bosqich naychalash davrining oxirida o„tadi. Oltinchi bosqich - changdon va tugunchada generativ to'qima- laming hosil boiishi, murtak xaltasi, urug' kurtak va chang donlari shakllanadi. Bu bosqich naychalash davrining oxirida o„tadi. Yettinchi bosqich - barcha to„pgul o„qlarining, tangachasimon qobiqlaming, qiltiqlaming va somonning bo„yiga o'sishi keladi. Gulning hamma organlarining bir necha marta ko„payishi sodir boiadi. Bu bosqich naychalash davrining oxirida kirib keladi. Sakkizinchi bosqich - changlash va uruglanish. To'qqizinchi bosqich - murtak oldi shakllanadi, murtak rivojlanadi va endospermning murtagi ham rivojlanadi. Urug'ning embriona! rivojlanishi o„tadi. 0„ninchi bosqich - endosperm hosil boiadi va unda kraxmal donachalar, aleyron qavat shakllanadi. O'n birinchi bosqich - donning toliq pishishi, sut, mum va toliq pishish davrlarining o'tishi. Endosperm va murtak o'zidagi namlikni yo'qotadi. Tashqi muhit sharoitlari barcha bosqichlaming rivojlanishlarini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. 153 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling