X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Yorug„likka bo„lgan munosabati


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Yorug„likka bo„lgan munosabati.
Sholining hosildorligining 
shakllanishida quyoshli kunlarning, ya‟ni yoritilganlikning ko„p bo„lishi 
juda katta ahamiyatga ega. Sholi qisqa kun o„simligi, juda ko„p navlar 
11-12 soat yorugMikni talab qiladi.
0„zbekistonda yetishtiriladigan sholining navlari 9-12 soatli 
yorug„likda yaxshi rivojlanadi. Sholida boshqa donli ekinlarga 
qaraganda fotosintetik faoliyati juda yuqori, xlorofillning maksimal 
konsentratsiyasi vegetativ holatiga o„tishida sodir bo„ladi.
Past fotosintetik faoliyat sholida gullash va mum pishish davrida 
sodir bo„ladi. Eng yuqori fotosintez jadalligi tuplanish davri
- donning to„lishish davrida kuzatiladi. 0„simlikning har xil barglari 
uning turli xil organlarini uglerod bilan ta‟minlaydi.
Tuproqqa munosabati.
Sholi tuproq sharoitiga talabchan emas, uni 
botqoq, o„tloq, torfli, sho„rxok va sho„rtob tuproqlarda yetishtirish 
mumkin. Daryo qirg„oqlaridan olib kelingan yoki oqib kelgan, mexanik 
tarkibi og„ir, tarkibida yetarli darajada organik moddasi bo„lgan qumoq 
tuproqlar yaxshi hisoblanadi.
Sholining tuproq sho„rlanishiga munosabati turlicha. Yosh 
o„simliklar tuzning dastlabki miqdori, 2-3% boMganda nobud bo'ladi, 
jumladan natriy xlorid 3% dan ko„proq, natriy karbonati
0, 
1% dan ko„proq bo„lganda nobud bo„Iadi. Tuproqning reaksiyasi 
pH 5,6-6,5 juda yaxshi hisoblanadi.
Sholi oziq moddalarning tuproqdagi miqdoriga talabchan. Agar 
azotning miqdori yetarli bo„lmasa, sholi yomon tuplanadi, ro„vakning 
o„lchamlari kichrayadi va don hosil bo„lishi past darajada bo„ladi. Unib 
chiqishdan to ro„vaklashgacha azotni ko„p talab qiladi. Fosfoming 
yetishmasligi almashinuvchi fiziologik jarayonlarning buzilishiga olib 
keladi, barglari juda qisqa bo„lib qoladi.
Butun oziqa unsurlarining ichida sholi o„zi bilan juda ko„p 
miqdorda kaliy olib chiqib ketadi. Tuplanish davridan to gullash
davrigacha sholi o„simligi juda ko„p miqdorda talab qiladi. Bir tonna 
donning shakllanishi uchun azot o„rtacha 20-24 kg talab qilinadi, fosfor 
8-13 kg va kaliy 25-32 kg talab qilinadi. Bulardan
155 


qilinadi. Ikkinchi va uchinchi yili gektariga 90-120 kg dan kaliy ham 
solinadi.
Ekish.
Ertagi sholi 5 sm chuqurlikdagi tuproq qatlaminmg va 
suvning o„rtacha harorati 12 °C ga yetganda, ya‟ni sovuq bo„lish xavfi 
o„tib ketgandan keyin ekiladi. Yoppasiga ekish esa tuproq va suvning 
0
„rtacha harorati 14-16 ga yetganda boshlanadi, aprel- iyunning birinchi 
o„n kunligida ekiladi,
Sholi ekishni nihoyatda qisqa muddatlarda - uzog„i bilan 10-15 kun 
ichida tugailash lozim. Agar eng qulay muddatdan 10-12 kun oldinroq 
ekilsa, hosil 5-10%, 10-20 kun kech ekilsa, 15-45% kamayadi. Sholi 
mashinalarda oddiy usulda qatorlab va sochma usulda ekiladi. Hozirgi 
paytda 0„zbekistonda don seyalkasida qatorlab ekish keng tarqalgan. Suv 
bostirilmagan pollarga qator oralarini 15 va 7,5 sm dan qoldirib 
yoppasiga qatorlab ekishda disk- soshnikli SU-4,2: SUB-48, SZT-3,6 
kabi don seyalkalaridan foydalaniladi va urug„ yuza 1-2 sm chuqurlikka 
ko„mib ketiladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling