X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Tasbqi muhitga talabi 
Suvga talabchanligi.
Sholi boshqa qishloq xo„jalik ekinlaridan 
suvda o'sish va rivojlanish qobiliyati bilan farq qiladi. Suv serob 
bo'lmasa, sholi yuqori hosil berolmaydi.
Sholi gigrofit, ya‟ni suv bostirilgan sharoitda o'sadi. lekin suvga 
bo'lgan talabi rivojlanish davrlariga qarab o'zgaradi. Sholiga maysalanish 
davrida suv qatlami kerak bo'lmaydi va mum pishish hamda to'liq pishish 
davrida ham xuddi shunday.
Urug'ning unib chiqishi uchun suv kerak, lekin suv qatlami 
tuproqda faqat murtakning rivojlanishiga olib kelishi mumkin, lekin 
ildizchalar rivojlanmaydi shuning uchun urug' nishlagandan keyin to unib 
chiqqunga kadar (1-barggacha) daJadan suv oqizib yuboriladi. Sholi unib 
chiqqandan keyin suv qatlami 15-20 sm balandlikkacha ko'tariladi. Ildiz 
tizimining va yon shoxlarining yanada yaxshiroq rivojlanishi uchun 
tuplanish davrida suv qatlami to singib ketgunga qadar kamaytiriladi
lekin qurib qolmasligi kerak. Shu davrda o'g'it berib oziqlantiriladi va 
shundan keyin yana suv qatlami mum pishish davrigacha 15-20 sm 
balandlikka ko'tariladi.
Suv qatlami sholi dalasining issiqlik rejimiga qulay sharoitlar 
tug'diradi, ya‟ni havo haroratining sutkalik tebranishirii yaxshilaydi, sho'r 
tuproqlarda sho'r yuvish ta‟sirini o'tkazadi, begona o'tlami yo'q qiladi, 
tuproqni eroziyadan saqlaydi hamda sholini bir dalada bir necha yil ekish 
uchun sharoit yaratiladi.
Issiqlikka bo„lgan munosabati.
Sholi issiqlikka juda talabchan. 
Sholining rivojlanishi uchun turli rivojlanish davrlarida suvning harorati 
katta ahamiyatga ega.
Urug'ning unib chiqishi uchun suvning eng past harorati 10-14 °C, 
lekin bu haroratda urug' 12-15 kun davomida unib chiqadi. Harorat 20-25 
°C bo'lganda urug' 5-7 kunda unib chiqadi.
O'simlikning barcha davrlarida past harorat o„simlikka salbiy ta‟sir 
ko„rsatadi, asosan gullash davrida. Sholi uchun suvning mo„tadil harorati 
30-33 °C bo„lib hisoblanadi. Harorat 40 °C va undan yuqori boiganda 
gullash va urug'lanish jarayonlari buziladi. Suvning cheklarda doimiy 
ravishda 
oqib 
turishi 
suvning 
haroratini 
kamaytirib 
sholining 
hosildorligini ko„paytirish uchun xizmat qiladi. Aniqlanishicha 
ro„vakning murtak holidagi paytida suv haroratining
154


bostirib sug„orish yo„li bilan yoki oqar suv bilan 20-22 °C gacha 
pasaytirilishi ro„vak shoxchalarining ko„payishiga olib keladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling