X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yerni ekishga tayyorlash.
0„tmishdosh.
Jo„xorini har qanday ekindan bo„shagan yerga ekish mumkin. Uni asosan donli va dukkakli-don ekinlaridan, kartoshka ildizmevali ekinlardan va g„o„zadan bo„shagan yerlarga ekish mumkin. Takroriy ekin sifatida kuzgi don ekinlaridan keyin ham eksa bo„ladi. 0„g„itlash. Jo„xori ekiladigan yerlarda organik va mineral o„g„itlar beriladi. Yerni kuzda shudgorlash oldidan uning har gektariga 15-20 tonnadan chirigan go„ng solinadi. Tuproqning unumdorligiga qarab har gektar jo„xori ekilgan maydonlarga yil davomida 120-150 kg azot, 100- 120 kg fosfor va 50-60 kg kaliy o„g„itlari beriladi. Fosfor o„g„itining bir qismi (50-60 kg) kuzda yerni shudgorlash oldidan beriladi. Boshqa mineral o„g„itlar, shu jumladan fosforli o„g„itning qolgan qismi ham ekish vaqtida va o„suv davrida 143 solinadi. Jo„xori o„suv davrida ikki marta oziqlantiriladi. Birinchi marta ekinlar yagana qilingandan so„ng oziqlantirilib, har gektar yerga 60-70 kg azot, 30-40 kg fosfor va 20-30 kg kaliy solinadi. Ikkinchi marta o„simliklarda o'rtacha 8-10 ta barg hosil boiganda oziqlantiriladi. Bunda ham har gektar yerga 60-70 kg azot, 30-40 kg fosfor va 20-30 kg kaliy solinadi. Jo„xorini qanday rnaqsadlarda ekilganligiga qarab azot yoki fosfor miqdorini ko„paytirish yoki kamaytirish mumkin. Agar jo„xori don uchun ekilgan boisa, fosfor miqdorini ko„paytirib, azot miqdorini kamaytirish, aksincha, jo„xori ko„k poya uchun ekilgan boisa azot miqdorini ko„paytirish mumkin. Yerni ekishga tayyorlash. Jo„xori maysa hosil qilgandan so„ng dastlabki davrda juda sekin o„sadi. Shu sababli u begona oilardan toza boigan yaxshi ishlangan yerlami xohlaydi. Yer kuzda 27-30 sm chuqurlikda chimqirqarli yoki ikki yarusli plug yordamida shudgor qilinadi. 0„tloq botqoq tuproqlarda haydash chuqurligi yer osti suvlarining sathiga bogiiq. Sho'rlangan yerlarda shudgor qilishdan oldin tuproq yuviladi. Erta bahorda tuproqda nam saqlash maqsadida shudgor boronalanadi. Jo„xori kechki bahorgi ekinlar jumlasiga kiradi. Shuning uchun uni ekishga qadar shudgomi 1-2 marta 10-12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi va ketma-ket boronalash mumkin. Buning natijasida yangi paydo boigan begona o„tlar yo„qotiladi, yer yumshatiladi. Borona qilingandan so„ng mola bostiriladi. Ekish. Urugii jo„xori quritilib, ro„vagida (yanchilmagan holda) shamollatib turiladigan xonalarda saqlanadi. Ekishga 7-10 kun qolganda ro„vaklardagi don yanchiladi, yanchilgan urug„ tozalanadi va ekish uchun bir xilda boigan yirik va sara don ajratib olinadi. Urugiikni ekishdan oldin issiq havoda shamollatib qizdiriladi. Buning natijasida urugiik tola yetiladi, unib chiqish darajasi ortadi, tez va qiyg„os unib chiqadi. Bu hoi hosildorlikni oshirishga olib keladi. Toshkent davlat agrar universiteti 0„simlikshunoslik kafed- rasining tajribalariga qaraganda, urug„ oftobda qizdirilib shamollatib ekiiganda har gektaridan 778 ts, qizdirilmay ekiiganda esa 698 ts ko„k poya olingan. 144 Davlat andozasi bo'yicha urugiikning tozaligi 90-95% dan va unib chiqish darajasi 80-85% dan kam bolmasligi kerak. Jo'xori urug„i ekish oldidan dorilanadi. Jo'xori makkajo'xoriga nisbatan kechroq, ya‟ni tuproq harorati 13-15 °C ga yetganda ekiladi. 0„zbekistonning janubiy viloyatlarida (Surxondaryo, Qashqadaryo) jo„xori mart oylarining oxiri-aprel oyining boshlarida ekiladi. Qoraqalpog„istonda may oyining boshlarida ekiladi. 0„zbekistonning markaziy tumanlarida aprel oyining ikkinchi yarmida ekiladi. Lekin, jo„xorini qandli va supurgisimon navlarini birmuncha erta ekish mumkin, chunki bu navlarining urug„i qobiqli bo„lib, tuproq nami ortiqcha boigan taqdirda ham chirimaydi. Jo„xori qator orasi 60, 70, 90 sm qilib ekiladi. 0„simlik qalinligi jo„xorining naviga qarab har xil boiadi. Baland bo„yli, kechpishar navlar yuqori hosilli dalalarda don uchun ekiiganda bir gektar yerga 60-80 ming tup o„simlik ekiladi. Past bo„yli tezpishar navlar qalinroq qilib ekiladi. Jo„xorini keng qatorli, ya‟ni qator orasini 90 sm qilib ekish ham mumkin. Keng qatorli qilib ekiiganda ham bir gektardagi o„simlik soni yuqoridan ko„rsatilgan miqdorda boiishi kerak. Bu holda har 15-20 sm masofadan bittadan yoki ikkitadan o'simlik qoldiriladi. Umumiy bir gektarda qoldiriladigan 0 „simlik sonini aniqlashda yeming unumdorlik darajasini, suv va o„g„it bilan ta‟min etilganligi hamda navning xususiyatini hisobga olish kerak. Yer unumdor boisa, oziqlanish maydoni kichik, unumdorligi past boisa, oziqlanish maydoni katta boiishi lozim. Bo„yi baland o„sadigan, kechpishar navlari uchun oziqlanish maydoni katta, past bo„yli navlar uchun kichik boiishi kerak. Jo„xori don yoki silos uchun yetishtiriladigan boisa, har gektar yerga 8-12, ko„kpoya uchun ekiladigan boisa 15-20 kg urug„ ekiladi. Urug„ ekish chuqurligi tuproqning mexanik tarkibiga hamda ekish muddatiga bogliqdir. Zichligi o'rtacha boigan tuproqlardan urug„ 4-5 sm, og„ir tuproqlarda esa 3-4 sm chuqurlikka ekiladi. Erta muddatlarda tuproqda nam yetarli darajada boigan vaqtda urug' 3-4 sm kechki muddatlarda, ya‟ni tuproq betida nam kam boiganda urug„ chuqurroq 5-6 sm/ga ekiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling