X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Yetishtirish texnologiyasi
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
Yetishtirish texnologiyasi
0„tmishdosh. Mosh kuzgi don ekinlaridan, kartoshka, sabzavot, makkajo„xori, sholi va boshqa ekinlardan bo„shagan yerlarga ekiladi. Bahorda ekish uchun yer kuzda haydaladi, erta bahorda borona qilinadi. Ekishgacha begona o„tlar ko„payib tuproq qotib qolgan bo„lsa yoppasiga kultivatsiya qilinadi. Ang„izga ekilsa oldingi ekinning hosili yig„ilib, yer sug'oriladi. Yer yetilganda 22-25 sm 197 chuqurlikda haydaladi. Vaqtdan yutish uchun oldingi ekinning hosili yig„ilishidan bir hafta oldin sug„orilib, hosil yig„ilgandan keyin ketma- ket yerni haydash mumkin, ketidan yoppasiga kultivatsiya qilinadi va borona yurgiziladi. Yer haydashdan oldin gektariga 40- 60 kg sof modda hisobida fosfor va 20-40 kg kaliy solinadi. Shonalash va gullash davrida 20-30 kg fosfor va 10-20 kg kaliy solinadi. Tuproqda chirindi va azot miqdori kam bo„lsa azotli o„g„itlar qo„l- laniladi. Azotli o„g„itlami ekishdan oldin va o„suv davrida solish mumkin, me‟yori 20-30 kg. Agar azotli o„g„itning me‟yori oshib ketsa biologik azot o„zlashtirilmaydi. Mosh (yoki loviyaning boshqa turlari) aprel oyining oxirida yoki may oyida va takroriy ekin sifatida iyun oyining oxirida keng qatorlab ekiladi. Qator orasi 60 sm, ekish tizimi 60 x 20, 60 x 15 bo„ladi. Ekish me‟yori 0,25-0.40 mln. dona urug„ ekiladi. Mosh don seyalkalarida ekiladi, oddiy loviya esa makkajo'xori yoki chigit ekadigan seyalkalarda ekiladi, ekish chuqurligi 3-5 sm bo„ladi. 18- rasm: 1-oddiy loviya; 2-oddiy loviya dukkagi va urug„i. 198 0„suv davrida 3-5 marta sug„oriladi, o„toq qilinadi, qator oralari chopiq qilinadi. Gullash va don tugish davrida ko„proq sug'oriladi. Mosh ko„k o„g„it uchun ekilgan bo„lsa, don tuga boshla- gan vaqtda g„altak mola bosiladi, so„ngra ikki tomonlama disklanadi va 27-30 sm chuqurlikda chimqirqar plug bilan shudgor qilib hay- daiadi. Begona o„tlarga qarshi dukkakli-don ekinlarda qoilanadigan gekrbitsidlar loviyada ham ishlatiiadi. Dukkaklar 75-80 pishganda hosil yigiladi. Pishganda don naviga xos turga kiradi. Hosilni ertalab yoki kechqurun dukkagi kam chatnaydigan vaqtda yigish lozim. Ekin o„riladi, xirmonda quritiladi. Don kombaynda yanchiladi, tozalaydigan GS-3,0 S ma- shinalarida tozalanadi, keyin quritiladi. Namligi 14-15% boiganda don maxsus ajratilgan omborlarda saqlanadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling