X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug„ni ekishga tayyorlash va ekish.
Yerga ishlov berish.
Dala o'simlik qoldiqlaridan tozalanadi, 200 kg ammofos va 100 kg kaliy o'g'iti solinadi. Yer 22-25 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Bunda PD-3-35, PD-4-35, PYA-3-35 rusumli texnika qo'llaniladi. Kuzda ekish uchun dala tozalanadi, 2 marotaba chizel yurgiziladi 16-18 sm chuqurlikda, so'ngra borona yurgiziladi. Bohorda ekish uchun erta bahorda 2 marotaba borona «zig-zag» yurgiziladi. Ekishdan oldin 16-18 sm chizel qilinadi va mola bosiladi. Urug„ni ekishga tayyorlash va ekish. Urug' Davlat andozasiga javob berishi lozim. Ekishdan oldin maxsus nitragin bilan urug' qoplanadi. Lalmi yerlarda no'xat erta bahorda (fevral-mart oylarida) ekiladi. Kuzda ekish ham mumkin. Ammo yog'ingarchilik ko'p bo'lgan yillari askoxitozdan ko'p zararlanadi. No'xat keng qatorlab, qator orasi 45 -60 sm yoki oddiy qatorlab, qator orasi 15 sm dan qilib ekish mumkin. Ekish me‟yori 0,5-0,8 mln. dona urug' yoki 40-100 kg ga ekiladi. Ekish chuqurligi ekish muddatiga, tuproqning mexanik tarkibiga qarab 4 - 7 sm bo'ladi. Ekish uchun STX-4, SXU-4 yoki SPCH-6M seyalkalar qo'llanadi. Lalmi yerlarda SUB-48M rusumli donli seyalkalar ishlatiiadi, qator orasi 45 va 60 sm bo'ladi. Keng qatorlab ekiiganda 80 -100 kg/ga urug' sarflanadi. No'xat unib chiqquncha va unib chiqqandan keyin qatqaloq va ko'karayotgan begona o'tlarni yo'qotish maqsadida yer bir-ikki 194 marta borona qilinadi. 0„rmalovchi traktorga tirkalib qatorlami ko„ndalang yoki “zig-zag” borona bilan diagonal bo„ylab boronalash o'simlikka deyarli zarar yetkazmaydi. No„xat kunduz kuni 0 „simlik so„libroq turganda va mo„rtligi kamayganda boronalanadi. Qator oralaridagi begona 0 „tlar bir-ikki marta kultivatsiya qilib yo'qotiladi, bunda kultivatorga o„tkir charxlangan yassi kesuvchi panja va tig'lar o'matiladi. 17-rasm: 1 -mahalliy no„xat. 2-no„xat doni. Shartli sug„oriladigan yerlarda qator oralariga ishlov berishdan tashqari gullab turgan va don yetilayotgan paytlarda 1-2 marta jo'yaklar orqali jildiratib sug'oriladi. Sug'orish no'xat hosildorligini ancha oshiradi. Sug'oriladigan sharoitda hosil ancha oshadi. Sug'orish me‟yori o'rtacha 800 rrr'/ga. Hindistonda olib borilgan tajribalar bo'yicha R.M. Shah, A.R. Pathak, I.A. Patel ma‟lumotlariga ko'ra, no'xat- ning yangi ICCC-4 navidan lalmi yerlarda 12,5 s/ga, sug'orilganda 32,9 s/ga don olingan. J.Xudayqulov maiumotiga ko'ra, «Malhotra» navi loshkent viloyatining tipik bo'z tuproqli sharoitida kuzgi mavsumda ekilib, 195 bahorgi mavsumda ikki marta sug'orib yetishtirilganda no'xat hosiii 35,7 s/ga ni tashkil etgan. Dukkaklar to„la pishib, doni qotganda no'xat yig'ishtirib olina- di. Hosil kunning ertalabki soatlarida yig'iladi, bunda don korn- baynlari ishlatiiadi. No„xat urugi don tozalaydigan mashinalarda tozaianib yopiq, quruq joylarda saqlanadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling