X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
P. sativum ssp.arvense L
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologiyasi.
P. sativum
ssp.arvense L. eng ko„p ekiladi. Morfologiyasi Ildizi. 0„q ildizli boiib, yaxshi rivojlangan, sershoxli. Agar tuproqda Rhizobium leguminozarum Baldwin et Frect bakteriyalari mavjud boisa ildizida tuganaklar rivojlanadi. Poyasi. Ekma ko„k no„xatning o„tsimon boiib, ko„pincha yotiq holda o„sadi, uzunligi 250-300 sm boiadi. Poyasining o„sishiga qarab: past bo„yii (50 sm) yarim past bo„yli (51-80 sm), o„rta bo„yli (87-150 sm) va baland bo„yli (151-300 sm) xillariga boiinadi. Poyada bo„ginlar mavjud, shu bo„g„inlardan barglar o„sadi. Bo„g„in oraliqlari uzun va kalta boiadi. 207 Barglari. Murakkab bo„lib 2-3 juft bargcha va jingalaklardan iborat. Jingalaklar yordamida ko'k no'xat tayanch o„simlikka o„raladi. Bargchalarining shakli cho„zinchoq, ponasimon bo„Iib rangi yashil, sarg„ich yashil, to„q yashil bo„ladi. Gullari. Ikki jinsli, yirik, barg qo'ltiqlarida 1-3 ta bo„lib gulbandda joylashadi. Gultojisi kapalaksimon, yelkani yirik, tuxumsimon, qanotlari cho„zinchoq, qayiqchasi rangsiz, antotsion dog 1 lari boiishi mumkin. Gulning rangi oq bo„ladi. Mevasi. Dukkak bo'lib, dukkakda 3-12 tagacha urug 1 bo'ladi. Dukkagida pergament qavati bo„lganda chatnaydi, oson yanchiladi. Dukkakning shakli xanjarsimon, o„roqsimon bo„ladi. Rangi-sariq, och yashil, to'q yashil, to„la yetilganda och sariq va binafsha rangda bo'ladi. Dukkakning uzunligi 3,0-15,0 sm gacha bo„ladi. Urug„i. Ko„pincha yirik, yumaloq bo'ladi. Urug 1 kattaligiga qarab 3 ta guruhga bo'linadi: 1) mayda urug'lar - diametri 3,5-5 mm, 1000 ta urug'ni vazni 150 g. gacha. 2) o'rta urug'lar - diametri 5-7 mm, 1000 ta urug'ning vazni 150- 200 g. 3) yirik urug'lar - diametri 7-10,5 mm, 1000 ta urug' vazni 250 g. dan yuqori. Urug'ning yuzi silliq yoki burishgan bo'ladi. Rangi oq, sariq, yashil, to'q yashil, sarg'ich-jigar rang, ayrim holda naqshli (rangli dog'lar) bo'ladi (20-rasm). Biologiyasi. Ko'k no'xatning o'suv davri navi va o'suv sharoitiga qarab 70-140 kun davom etadi. Tezpishar navlari band shudgor- da takroriy ekin sifatida ekiladi. Urug'pallasi unib chiqish davrida yer betiga chiqmaydi. O'zidan changlanadi. Xo'raki navlarining poyasi egiladi, chirmashib o'sadi. O'sish davrining boshlanishida (ekish - maysalanish) va oxirida (pishish) fotosintez jarayoni kuzatilmaydi. Ko'k no'xat yorug'sevar uzun kun o'simligi. Urug'i 4-5 °C da unib chiqadi, harorat 10 °C boiganda maysa 5-7 kunda ko'karadi. Maysasi-4 °C sovuqqa bardosh beradi. Ekish-maysalanish davrida sutkalik o'rtacha harorat yig'indisi 150,5-170,8 °C ni tashkil qiladi. Vegetativ organlarining rivojlanishi uchun 12-16 °C talab etadi. Harorat 26 dan oshsa, hosilning shakllanishiga salbiy ta‟sir qiladi. Foydali harorat yig'indisi 1200-1600 °C bo'ladi. 208 Ko„k no„xat namsevar o'simlik, Maysalanishi uchun 100- 120% suv sarflanadi. Ko„k no'xat shonalash, gullash, meva hosil qilish davrlarida suvni ko'p talab qiladi. Tuproqqa talabchan, unum- dor, toza tuproqlarda ekiladi. Nordon, og'ir loyli va sho'rlangan tuproqlarda ekilmaydi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling