X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Ko„k no'xat kasaliiklari: 
askoxitoz, zang, ildiz chirishi, pero- 
nosporoz, un shudring.
Ko'k no'xat zararkunandalari: 
uzunburunli tuganak don- xo'r, 
ko'k no'xat shirasi.
Navlar
: 0„zbekistonda dala ko'k no'xatining “Vostok-55”, 
“Vostok-84”, “Usatiy-90” navlari ekiladi.
Yetishtirish texnologiyasi 
0„tmishdosh.
Ko'k no„xat kuzgi don ekinlaridan, kartoshka, qand 
lavlagi, makkajo„xoridan bo„shagan yerlarga ekiladi. Dukkakli 
ekinlardan bo„shagan yerlarga ekiimaydi va bir ekilgan dalaga 5-6- 
yildan keyin qayta ekish kerak. Kuzda 25-27 sm. Chuqurlikda yer 
haydaladi, erta bahorda borona yurgiziladi. Ekishdan oldin yoppasiga 
kultivatsiya qilinadi, keyin borona va talab qiiinsa mola bostiriladi. 
Ko'k no„xat kuzda oraliq ekin sifatida ham ekiladi. Kuzgi don 
ekinlariga yer qanday tayyorlansa, shunday tayyorlanadi.
0„g„itlash.
Bir tonna urug„ va tegishli barg-poya yetishtirish uchun 
45-60 kg sof modda hisobida azot, 16-20 kg fosfor, 30 kg kaliy, 25-30 
kg kalsiy, 8-13 kg magniy sarflanadi. Erkin azotni o„zlashtirish 
xususiyatini nazarda tutib gektariga 20-30 kg azot, 60- 80 kg fosfor va 
30-40 kg kaliy sof modda hisobida solish tavsiya qilinadi. Fosforli va 
kaliyli o'g'itlar yer haydashdan oldin solinadi, azotli o'g'it ekishdan 
oldin va o'suv davrida solinadi.
Ekish.
Sifati bo'yicha 1 sinfga javob beradigan urug' ekish 
(tozaligi 99%, unuvchanligi 95%) maqsadga muvofiqdir. Ko'k no'xat 
erta ko'klamda bahori don ekinlari bilan bir vaqtda ekiladi. Gektariga 
0,8-1,4 mln. dona miqdorida urug' ekiladi. Yirik donli navlar gektariga 
240-300 kg ekiladi, mayda donli navlar 150-200 kg miqdorida ekiladi. 
Bu miqdorlar suvli yerlarda yoppasiga qatorlab ekish uchun tavsiya 
qilingan. Lalmi yerlarda ko'k no'xat keng qatorlab ekiladi, qator orasi 
45 sm, ekish me‟yori 60 kg.
209


Poyasi egiladigan navlar poyasi tik o„sadigan ekinlar bilan qo„shib 
ekiladi, bo„lmasa hosilni yig„ib olish juda qiyin. Aksariyat holda arpa 
yoki suli qo'shib ekiladi. Ekish me‟yori asosiy ekish me‟yoridan 15-20% 
ekiladi.
Parvarishlash
. 0„suv davrida jo„yaklar olinib (orasi 60-70 sm), 1-3 
marta sug„oriladi. Maysalanish davrida qatqaloqqa qarshi boronalanadi. 
Maysalanish davrida begona o'tlarga qarshi 48% li bazargan 2-3 1 
qo'llanadi. Hasharotlarga qarshi 65% karbofos 0,65- 1.2 1, vismetrin 
255-0,3 1 ishlatiiadi.
20-rasm: 1 -ko„k no„xat o„simligi; 2-ko„k no„xat dukkaklanish
davrida.
Dukkaklaming 60-70% yetilganda hosil o'riladi, don kombaynlar 
yordamida yanchiladi. Dukkagi chatnamaydigan navlar kech o„rilishi 
mumkin. To„la pishgan davrida oson yanchiladi. Doni 14-16% narnlikda 
saqlanadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling